Zidanning taqdirini "Barselona" bilan o'yin hal qilishi mumkin

Alisher
23 okt 2020
Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan Madridning "Real" klubidan iste'foga chiqarilishi mumkin.

Mutaxassisning taqdirini "Barselona" va Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoalariga qarshi o'yinlar hal qiladi.

Oldinroq xabar berilganidek, "qirollik klubi" rahbariyati Londonning "Tottenxem" klubidagi faoliyati bilan tanish Maurisio Pochettino va "galaktikos"ning yoshlar murabbiyi Raul variantlarini o'rganmoqda.

"Qaymoqranglilar" so'nggi ikki o'yinni, aniqrog'i La Liga doirasidagi "Kadis" (0:1) va CHL doirasidagi "Shaxtyor" (2:3)ga qarshi o'yinlarda o'z maydonida mag'lub bo'ldi.


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe