OCHL. "Paxtakor"ga qarshi o'yin oldidan "Al Hilol"ning 5 futbolchisida koronavirus aniqlandi

Tolibjon Qosimov
12 sen 2020
OCHLning amaldagi g'olibi "Al Hilol" kecha Dohaga uchib kelgandi.

Bu haqda xabar bergan edik.

FOTO  OCHL. Musobaqaning amaldagi g'olibi "Al Hilol" ham Dohaga yetib keldi, ular "Paxtakor" bilan o'ynaydi

Osiyo futbol Konfederatsiyasi Qatar Sog'liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Chempionlar ligasi (g'arbiy mintaqa)da ishtirok etadigan jamoalarni Dohaga kelishlari bilan aeroportning o'zida COVID-19 uchun test nazoratidan o'tkazishdi. Unga ko'ra, test javoblari chiqmagunga qadar hech kim mehmonxonadan tashqariga chiqmasligi kerak.

Bugun ana shu test natijalari shuni ko'rsatdiki, Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasidan 5 nafar futbolchi va rahbariyatidan 1 nafar xodimning koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqan. Bundan tashqari, Qatarning "Al Duhayl" jamoasi futbolchisi (1 nafar)da ham virus aniqlangan.

Yuqoridagi har ikki klubga ham kerakli tibbiy yordam va xizmat ko'rsatilmoqda. Test natijalari ijobiy chiqqanlar esa karantinga olingan va tibbiyot xodimlari nazoratidalar. Sababi, buni musobaqa uchun qabul qilingan COVID-19 xavfsizlik choralari va protokollari talab etadi.


Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" OCHLning "B" guruhida "Paxtakor" bilan birga joy olgan. 14 va 17 sentyabr kunlari aynan ular o'zaro o'yin o'tkazishlari kerak.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia