Vladimir Bubanya "Surxon" bilan shartnomasini bekor qildi. U Serbiyaga ketgan

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2020
Vladimir Bubanya "Surxon" jamoasini tark etdi.

Bir necha soatlar oldin saytimizda "Surxon" jamoasi futbolchisi Vladimir Bubanya jamoa bilan birga emasligini ma'lum qilgan edik. Barchasiga oydinlik kiritish maqsadida uning o'zi bilan aloqaga chiqdik. 

"Ha, jamoadan ketganman. FIFA orqali "Surxon" bilan shartnomani bekor qildim. Men hozir Serbiyadaman. Bundan bir necha kun oldin charter reys bilan Istanbulga yetib oldim.  U yerdan Belgradga chipta sotib oldim. Jamoadagi vaziyatni o'zingiz yaxshi bilasiz. Ochig'i "Surxon" savlati yo'q, noproffessional klub hisoblanadi. Jamoadagi 20ga yaqin futbolchi koronavirus bilan kasallangan. Shuningdek, ayrim muammolar ham mavjud", - deydi Bubanya.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia