Coca Cola Superligasi. "Navbahor" o'z uyida "Qizilqum"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
13 iyul 2020, 21:52
Coca Cola Superligasining 9-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH



90+4. O'yin tugadi. "Navbahor" - "Qizilqum" 1:0

90+3. Xurshidbek Muxtorovning zarbasiga aniqlik yetishmadi. 

90+2. Qadamboy Nurmetov yaqin masofadan darvozaga noaniq zarba berdi... Hisob tenglashishi mumkin edi

89. Shohruh Mahmudhojievning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

88. Zabihillo O'rinboevning zarbasidan so'ng, to'pni darvozabon maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

86. QIZIL KARTOCHKA! Ruslan Margiev ikkinchi marta ogohlantirilib, maydondan chetlatildi.

85. Azizbek Turg'unboevning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

82. "Navbahor" tarkibida o'zgarish. Azimjon Ahmedov o'rniga Pavel Golishev maydonga tushdi.

79. Navoiyliklar tarkibida o'zgarish. Vezirgeldi Ilyasov o'rniga Vohid Shodiev maydonga tushdi.

78. Azizbek Turg'unboevning uzoq masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

74. Ruslan Margiev ogohlantirildi.

69. Xurshid Muxtorovning jarimadan yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi...

65. Doston Ibragimovning o'ng qanotdan uzatib bergan to'pini Sherali Jo'raev darvozaga yo'llashiga bir soniya kechikdi.

64. O'zgarish. "Qizilqum". Makkartni o'rniga Sunnatilla Abdullajonov tushdi

63. O'zgarishlar. "Navbahor". Abbos G'ulomov o'rniga Islombek Isoqjonov, Mirzohid G'ofruov o'rniga G'iyosjon Komilov tushdi.

58. Mirzohid G'ofurov ogohlantirildi.

49. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Azim Ahmedov 11 metrli jarima to'pidan gol urdi - 1:0.

48. Qadamboy Nurmetov ogohlantirildi.

48. PENALTI! "Qizilqum" darvozasiga, Igor Golban yiqitildi

46. Muhsin Ubaydullaevga tibbiy yordam ko'rsatildi va u o'yinni davom ettiradi...

46. Ikkinchi taym boshlandi 

O'zgarish. "Navbahor". Islom Rashidxonov o'rniga Zabihillo O'rinboev maydonga tushdi.


45+1. Birinchi taym tugadi.

45+1. Ruslan Bolovning bosh bilan darvozaga yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

45. Uchrashuvning 1-bo'limiga to'xtalishlar uchun 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. "Qizilqum"ning xavfli hujumini Igor Golban bartaraf etdi...

43. Vezirgeldi Ilyasov ogohlantirildi.

36. Makkartni chamasi 28 metrlar uzoqlikdan kuchli zarba yo'lladi. To'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi...

35. ZARBAAAAA! Qadamboy Nurmetovning zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

31. Jamoalar suv ichib olishlari uchun tanaffus e'lon qilindi...

30. Azimjon Ahmedovning jarima o'zarbasidan so'ng, Azizbek Turg'unboev to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi. Lekin zarba noaniq chiqdi.

27. "Qizilqum"ning navbatdagi hujumi chap qanotdan uyushtirildi. Ilyasovning zarbasi noaniq chiqdi...

22. UXX!   Doston Ibragimov katta tezlikda raqib jarima maydonchasiga kirib keldi va erlatib uzoq burchakka kuchli zarba yo'lladi. To'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi...

20. ZARBAAA! Oleg Tolmasovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi yo'l yo'lakay himoyachilardan biriga tegib darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi..

9. XAVFLI VAZIYAT! Turg'unboevning zarbasi darvoza to'sinini titratdi...

5. ZARBA! Ruslan Bolovning uzoqdan darvozaga yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

3. Sherali Jo'raev maydon markazidan raqib jarima maydonchasiga yaqinlashdi va uzoq masofadan erlatib zarba yo'lladi. O'tkir Yusupov to'pni egallab oldi.

2. UXX! Mezbonlarning ilk hujumi gol bilan yakunlanishiga oz qoldi. So'nggi pallada Abbos G'ulomovning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

1. O'yin boshlandi. 



Coca Cola Superliga. 9-tur
13 iyul, dushanba
20:00 - NAVBAHOR – QIZILQUM 1:0
Hakamlar
: Jasur Muxtorov, Ruslan Serazitdinov, Daler Tilloev, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Andrey Klepikov
Komissar: Ramil Ilyasov

Gol: Azim Ahmedov 49 penalti, - 1:0.

"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 7. Azimjon Ahmedov (‌72. Pavel Golishev, ‌82), 8. Javlon Ibrohimov, 10. Azizbek Turg'unboev, ‌19. Mirzohid G'ofurov (5. G'iyosjon Komilov, 63), ‌22. Igor Golban, ‌27. Islom Rashidxonov (95. Zabihillo O'rinboev, 46), ‌28. Xurshidbek Muxtorov, ‌33. Tohirjon Shamsiddinov, 70. Abbosjon G'ulomov (‌11. Islombek Isoqjonov, 63), 88. Ruslan Bolov.
‌Zaxira: ‌23. Dilshod Hamroev, ‌2.Mirkomil Loqaev, 18.Sardor Telyakov, ‌20. Amirbek Jo'raboev, 25. Shohruh Mahmudhojiev.

"Qizilqum": 22.Artyom Makosin, 5.Abdi Bashimov, 7.Vezirgeli Ilyasov (15.Vohid Shodiev, 79), 8.Ruslan Margiev, 11.Qadamboy Nurmetov, 14.Fayzullo Qambarov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 23.Sherali Jo'raev, 29.Makkartni Nevaseb (77.Sunnatilla Abdullajonov, 64), 75.Oleg Tolmasov, 99.Doston Ibragimov.
Zaxira: 1.Ruslan Matniyazov, 3.Ilhomjon Alijonov, 4.Mirjalol Qosimov, 9.Humoyun Abdualimov, 18.Nodirxon Kamolov, 20.Xurshidjon Olimov, .

Ogohlantirishlar: Vezirgeldi Ilyasov 43, Qadamboy Nurmetov 48, Mirzohid G'ofurov 58, Ruslan Margiev 74, 

Chetlatish: Ruslan Margiev 86 (2SK)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia