Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" "Mashal"ga uchta gol urdi

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2020, 20:55
Coca Cola Superligasining 8-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Mashal" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyatsiyasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH



90+4. O'yin tugadi. 

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi

87. ZARBA! Cheranning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasini Davronov qaytardi

86.  "Mashal"da Shodmonov o'rniga Holiqulov tushirildi

80.  "Paxtakor"da Masharipov o'rniga Sidiqov, Hamrobekov o'rniga Abdullaev, Alijonov o'rniga Komilov tushirildi

77.  "Mashal"dan Shukurullaev ogohlantirildi

75. GOOOOOOOOOOOOOOOL! Dragan Cheran! Hamdamovning chap qanotdan uzatgan to'pini Cheran boshi bilan darvozaga yo'lladi - 3:0. 

72. ZARBA! Cheranning to'p uzatishidan keyin Masharipov boshi bilan zarba berdi, Davronov o'z o'rnida

66. Ajoyib hujumdan so'ng Sergeevning zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi

65.  "Mashal"da Qo'ziev o'rniga Rahmatullaev tushirildi

64. "Paxtakor"da Derdiyok o'rniga Sergeev, Sobirxo'jaev o'rniga Abror Ismoilov tushirildi

60. "Mashal"da Meliev o'rniga Durdiev tushirildi

57. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Eren Derdiyok, dubl! Masharipov-Sayfiev-Derdiyok kombinaciyasi gol bilan yakunlandi - 2:0. 

54. Pavlenko jarima zarbasini amalga oshirdi. Uning jarima zarbasi jarima maydoniga yetib bordi. Biroq Jamoliddin Ubaydullaev darvozaga bergan zarbasi noaniq chiqdi.

51. ZARBAA! Nikita Pavlenkoning zarbasidan keyin Eldorbek Suyunov to'pni qaytardi

46. O'zgarish. "Mashal". Vasilev o'rniga Aliqulov tushdi

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+1. Birinchi taym tugadi. Hozircha 1:0

45. Hamdamovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

45. Ogohlantirish. "Mashal". Ifeani

41. Xavfli vaziyat! Hamdamov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, himoyachi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi

39. ZARBA! Hamdamovning o'ng oyoqda bergan zarbasi xavfli va salgina noaniq chiqdi

35. Xavfli vaziyat! Nikita Pavlenko hozir birga bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, biroq to'pni o'ziga to'g'rilashda xatoga yo'l qo'ydi

33. UXXXX! Mezbonlarning chiroyli hujumidan so'ng Jaloliddin Masharipovning ikki zarbasini Rahimjon Davronov qaytardi, ikkita seyv!

30. O'yinda urilgan barcha gollarni telegram kanlimizda tomosha qilish mumkin: GOLLARNI KO'RISH

25. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Eren Derdiyok! Chap qanotdan Farruh Sayfiev uzatgan to'pni Derdiyok darvozaga yo'lladi - 1:0. 

16. ZARBA! Cheranning jarima maydoni tashqarisidan tepgan to'pini raqib posboni ushlab oldi

10. ZARBAAAA! "Paxtakor"ning yana bir hujumi, bu safar ham Rahimjon Davronov to'pni qaytarishga erishdi!

7. ZARBAAAA! Dragan Cheranning boshi bilan bergan zarbasidan keyin Davronov to'pni qiyinchilik bilan qaytardi!

1. O'yin boshlandi!




Coca Cola Superliga. 8-tur

7 iyul, seshanba
19:00 - PAXTAKOR – MASH'AL 3:0 
Hakamlar:
Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Eren Derdiyok 25, - 1:0 (Farrux Sayfiev). Eren Derdiyok 57, - 2:0 (Farrux Sayfiev). Dragan Cheran 75, - 3:0 (Dostonbek Hamdamov).

"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov (4.Akrom Komilov, 80), 9.Jaloliddin Masharipov (99.Javohir Sidiqov, 80), 10.Dragan Cheran, 15.Egor Krimec, 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Odiljon Hamrobekov (7.Sadriddin Abdullaev, 80), 23.Sherzod A'zamov, 27.Sardor Sobirxo'jaev (21.Abror Ismoilov, 64), 34.Farruh Sayfiev, 77.Eren Derdiyok (11.Igor Sergeev, 64).
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 5.Anzur Ismoilov, 8.Asadbek Sobirjonov, 29.Vladimir Kozak.

"Mashal": 35.Rahimjon Davronov, 5.Najmiddin Normurodov, 7.Ifeani Ifeani, 9.Nikita Pavlenko, 11.Mo'minjon Meliev (70.Didar Durdiev, 60), 14. Ella Ken Armand, 17.Jamoliddin Ubaydullaev, 18.Abbos Shodmonov (28.Ubaydullo Xoliqulov, 86), 22.Sirojiddin Qo'ziev (6.Sirojiddin Rahmatullaev, 65), 23.Samandar Shukurillaev, 33.Denis Vasilev (15.Muhammadali Aliqulov, 46).
Zaxira: 1.Botir Nosirov, 8.Ahror Inoyatov, 10.Sherzod Temirov, 21.Maruf Jumaev, 77.Ibrohim No'monov.

Ogohlantirishlar: Ifeani Ifeani 45, Samandar Shukurullaev 78,







Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia