Gvardiola koronavirusga qarshi kurash uchun 1 million evro xayriya qildi

Alisher
25 mar 2020, 11:44
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yevropa bo'ylab tarqalib borayotgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga qo'shildi.

Ispaniyalik mutaxassis shifoxonalarda zarur tibbiy jihozlarni sotib olish uchun xayriya fondiga 1 million evro xayriya qildi.

Gvardiolaning xayr-ehsonini qo'shgan holda to'plangan barcha pullar zudlik bilan Kataloniyaning barcha tibbiy markazlariga tarqatiladigan dori-darmonlarni sotib olish va ishlab chiqarishga yo'naltiriladi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Messi ham aynan Kataloniya va Argentinadagi shifoxonalarga 1 million evro miqdorida xayriya qilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es