Poytaxtda o'tkazilgan nazorat o'yinlari orqali murabbiylar shtabi tarkibga jalb qilingan futbolchilarni sinovdan o'tkazib olishmoqda. Oldin xabar berib o'tganimizdek, jamoa mashg'ulotlariga Yannis Mandzukas (“Qizilqum”) (fotoda), Rustam A'zamov (“Lokomotiv”)lar kelib qo'shilishgandi. O'tgan vaqt davomida jamoa safiga Ahrol Risqullaev (“Dinamo”) va Farruh Nurliboev (“Olmaliq”)lar kelib qo'shilishdi. Risqullaev hozir jamoamiz bilan birga bo'lsa Nurliboev bir kunlik mashg'ulotdan keyin ortga qaytgan. Shuningdek, jamoada ayni paytda birinchi liga vakili “Registon” jamoasidan yarim himoyachi Marat Qudratov ham ko'rikdan o'tmoqda.
Murabbiylar shtabi ayrim futbolchilarga javob berishni lozim topishdi. Xususan mavsumning birinchi qismini “Chust-Paxtakor” jamoasida o'tkazgan Mirzohid Mahkamov, Bobir Rasulov va Farruh Yo'ldoshevlar ko'rikdan o'ta olmay ortlariga qaytishdi. Shuningdek, davralar oralig'ida yana jamoaga qo'shilgan Elmurod Nizomboev endi “Navbahor” sharafini himoya qilmaydi. A'zam Aliev yoshlar jamoasi bilan ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rish uchun ortga qaytgan bo'lsa Sohib Abdullaev jarohat tufayli muddatidan oldin Namanganga qaytdi.
Futbolchilar ertaga Muborakning “Mashal” klubi bilan poytaxtdagi so'nggi nazorat o'yinini o'tkazishadi. Shundan so'ng jamoa Namanganga qaytib keladi. Ikki kunlik dam olishdan so'ng mashg'lotlar Namanganda olib boriladi. Eslatib o'tamiz, 31 iyul kuni jamoamiz “Andijon” bilan mehmonda davralar oralig'idagi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Qo'shimcha ma'lumot o'rnida oliy ligadagi transfer darchasi yopilishiga qadar jamoaga mahoratli futbolchilarni jalb etilganligini ham keltirib o'tish joiz.