Rasmiy xabar: Baxtiyor Ashurmatov - “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
9 dek 2019, 11:18
Mavsum yakunlanganidan so'ng biroz hordiq chiqarish uchun tanaffusga chiqqan “Qo'qon-1912” jamoasining murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi.

Xabaringiz bor superliganing 2-davrasida “Qo'qon-1912” jamoasiga vaqtincha bosh murabbiyi etib Aziz To'xtaboev tayinlangan edi. Aziz To'xtaboev o'ziga bildirilgan ishonchni oqlab jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqdi hamda “Qo'qon-1912” jamoasini superligada o'z o'rnini saqlab qolishida o'zining munosib hissasini qo'shdi. Shuningdek jamoning natijalariga o'zining qimmatli maslahatlari hamda tajribasi bilan yordam bergan Timur Kapadzega ham jamoa rahbariyati nomidan minnatdorchilik izhor qilamiz, - deb yozadi "Qo'qon-1912" matbuot xizmati. 

Yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorlanishni maqsad qilgan “Qo'qon-1912” jamoasiga bugun yangi bosh murabbiy tayinlandi. Jamoa rahbariyati o'zaro muzokaralardan so'ng yana bir Qo'qon farzandi, o'zbek futbolining yaqin o'tmishdagi yorqin yulduzlaridan biri Baxtiyor Ashurmatovni “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinladi. Bugun jamoa ofisida “Qo'qon-1912” klubi prezidenti Baxtiyorjon Tolipov hamda Baxtiyor Ashurmatov o'zaro shartnomaga imzo chekdilar. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz