Grizmann "Barselona"da 7-raqamni olishi mumkin

Alisher
17 avg 2019, 11:03
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann raqamini almashtirishi mumkin.

U Kataloniya klubiga "Atletiko"dan kelganida 17-raqamni olgan edi. Chunki, 7-raqam Filippe Koutinoga tegishli edi.

Koutinoning "Bavariya"ga ijara asosida o'tishi aniq bo'lib ulgurdi. Shu sababli Grizmann 2 sentyabrgacha 7-raqamga ega bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, forvard La Liganing 1-tur doirasidagi "Atletik"ga qarshi o'yinda 17-raqamda o'ynashga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Mundo Deportivo