championat.asia talqiniga ko'ra aprel oyining eng yaxshi murabbiyi - Vadim Abramov

Narzulla Saydullayev
2 may 2019
Saytimiz o'z odatiga sodiq qolgan holda oy laureatlarini aniqlashda davom etadi.

Championat.asia sayti jurnalistlari o'rtasida bo'lib o'tgan "Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi" so'rovnomasida "Bunyodkor" ustozi Vadim Abramov eng ko'p ovoz to'pladi.

Abramov boshchiligidagi "Bunyodkor" o'tgan oy Superligada 4ta o'yin o'tkazdi. Farg'onada "Navbahor" taslim etildi - 3:2. So'ngra "Andijon" va AGMK bir xil hisoblarda mag'lub etildi - 1:0. Nihoyat aprel oyidagi so'nggi turda "qaldirg'ochlar" safarda "Buxoro" bilan durang o'ynaldi - 2:2.




championat.asia talqiniga ko'ra mart oyining eng yaxshi murabbiyi - Shota Arveladze


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia