Superliga. "Lokomotiv" qiyin o'yinda "Navbahor"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
30 mar 2019
Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Superliga / 2-tur
30 mart, shanba
19:00 LOKOMOTIV - NAVBAHOR 1:0


Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Timur Galeev, Aleksandr Sidorov, Elyor Tursunov.
Nazoratchi: Dmitriy Roman.
Komissar: Jahongir Raxmatullaev.

Gol: Temurxo'ja Abduxoliqov 62, - 1:0.

"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Sardor Mirzaev, Temurxo'ja Abduxoliqov (Filip Rayevac, 90+3), Azizbek Amonov (Arslanmurod Amanov, 55), Husniddin G'ofurov, Islom To'xtaxo'jaev, Shuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev, Diyor Turopov (Jamshid Iskanderov, 89), Igor Yelich.
Zaxira: Mamur Ikromov, Davron Hoshimov, Avazbek O'lmasaliev, Bobur Ergashev.

"Navbahor": O'tkir Yusupov, Oston O'runov (Abbos G'ulomov, 46), Azim Ahmedov, Shahzod Shaymanov, Ivan Solovyov, Aleksandr Kasyan, Obid Jo'raboev (Slavko Lukich, 15), Mirzohid G'ofurov, Igor Golban, Abdujamol Isroilov (Bahodir Nasimov, 72), Jahongir Mehmonov
Zaxira: Dilshod Hamroev, Aziz Ibragimov, Elman Tagaev, Mirzohid Mamatxonov, G'iyos Komilov, Zafar To'raev

Ogohlantirishlar: Oston O'runov 15, Islom To'xtaxo'jaev 30, Jahongir Mehmonov 69, Azim Ahmedov 80, O'tkir Yusupov 90+2.




Ushbu sahifada o'yinning matnli translyatsiyasini kuzatib borish mumkin. 


MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH




90+4. O'YIN TUGADI. "Lokomotiv" mavsumdagi birinchi g'alabasini "Navbahor" ustidan qo'lga kiritdi

90+3. O'zgarish. "Lokomotiv". Temurxo'ja Abduxoliqov o'rniga Filip Rayevac tushdi

90+2. Ogohlantirish. "Navbahor". O'tkir Yusupov

90+2. O'tkir Yusupov raqib jarima maydoniga borib darvozabonga nisbatan qo'pol o'ynadi

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. O'zgarish. "Lokomotiv". Diyor Turopov o'rniga Jamshid Iskanderov tushdi

85. Temurxo'ja Abduxoliqovning zarbasini darvozabon qaytardi.

83. Husniddin G'ofurovning zarbasidan keyin to'pni darvozabon O'tkir Yusupov qaytardi.

80. Ogohlantirish. "Navbahor". Azim Ahmedov 



79. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! QANDAY VAZIYAT! Abbos G'ulomovning kuchli zarbasi birozgina noaniq ketdi!

75. Bugungi uchrashuvga 4118 tomoshabin tashrif buyurdi.

72. O'zgarish. "Navbahor". Abdujamol Isroilov o'rniga Bahodir Nasimov tushdi

71. ZARBA! Diyor Turopovning uzoqdan yo'llagan zarbasi O'tkir Yusupovga nasib etdi

69. Ogohlantirish. "Navbahor". Jahongir Mehmonov

62. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! TEMURXO'JA ABDUXOLIQOV! 1:0.

60. Slavko Lukichning jarima zarbasiga aniqlik yetishmadi.

55. O'zgarish. "Lokomotiv". Azizbek Amonov o'rniga Arslonmurod Amanov tushdi

50. Azim Ahmedovning 20 metrlardan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

46. O'zgarish. "Navbahor". Oston O'runov o'rniga Abbos G'ulomov tushdi

46. Ikkinchi taym boshlandi



45+1. Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilgani yo'q

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi.

42. GOOOOOL! Mehmonlar hisobni ochishdi, ammo gol urilgan vaziyatda darvozabonga nisbatan qo'pol o'ynalgani uchun bosh hakam golni inobatga olmadi

41. ZARBAAA! Ivan Solovyovning kuchli zarbasi anchagina noaniq ketdi

40. Aleksandr Kasyan birga bir vaziyatga chiqib ketayotgandi, Anzur uni yiqitishga majbur bo'ldi, "Navbahor"da jarima to'pi

40. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Anzur Ismoilov

32. Oston O'runov to'pga biroz kech qoldi. Aks holda, "Lokomotiv" darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga kelardi.

30, Ogohlantirish. "Lokomotiv". Islom To'xtaxo'jaev

26. ZARBAAAAAAAAAAA! UXXXXXXXXXXX! "Navbahor" futbolchilai burchak to'pini amalga oshirishdi, Javohir Ilyosov bir amallab to'pni qaytardi! 

22. ZARBA! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Sardor Mirzaev boshi bilan darvozaga yo'lladi, Yusupov o'z o'rnida

21. Burchakdan uzatilgan to'pga Anzur Ismoilov boshi bilan zarba bergandi. Biroq so'nggi pallada himoyachi to'pni qaytardi.



18. ZARBAAAA! Temurxo'ja Abduxoliqovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi

16. Aleksandr Kasyan katta tezlikda oldinga o'tdi, ammo zarba bera olmadi

15. O'zgarish. "Navbahor". Obid Jo'raboev o'rniga Slavko Lukich tushdi



14. ZARBA! Diyor Turopovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini O'tkir Yusupov qaytardi

12. Ogohlantirish. "Navbahor". Oston O'runov

9. ZARBA! Oston O'runovning zarbasi kuchsiz va noaniq chiqdi

1. O'YIN BOSHLANDI!

Bahs boshlanishi oldidan 1-tur doirasidagi  “Navbahor” – “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan qaytishayotgan paytda avtohalokatga uchrab, vafot etgan "Navbahor" muxlislari uchun 1 daqiqalik sukut saqlandi.


- Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia