Superliga. "Paxtakor" derbida "Lokomotiv"ni taslim qildi

Narzulla Saydullayev
16 mar 2019
Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Superliga, 1-tur.
“PAXTAKOR” – “LOKOMOTIV” 3:1

16 mart 2019 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 17555 tomoshabin. 
Hakamlar:
Sherzod Qosimov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Asker Najafaliev.
Nazoratchi: Bobur Haydarov.
Komissar: Laziz Qo'chqorov.

Gollar: Igor Sergeev 53, - 1:0 (Jaloliddin Masharipov). Dragan Cheran 61 penalti, - 2:0. Dragan Cheran 63, - 3:0 (Dostonbek Hamdamov). Arslonmurod Omonov 73, - 3:1 (Davron Hoshimov).

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiev, Egor Krimec (S), Sherzod A'zamov, Xojiakbar Alijonov, Sadriddin Abdullaev (Sardor Sobirxo'jaev, 80), Odiljon Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov (Javohir Sidiqov, 88), Dragan Cheran, Dostonbek Hamdamov (Jasur Yaxshiboev, 72), Igor Sergeev
Zaxira: Umid Hamroev, Akrom Komilov, Jahongir Ahmadov, Shohruh Mahmudhojiev, Vladimir Kozak, Marko Simich,

"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Davronbek Hoshimov, Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev, Oleg Zoteev, Yovan Jokich, Jamshid Iskanderov (Arslanmurod Omonov, 61), Diyorjon Turopov, Azizbek Omonov (Husniddin G'ofurov, 46), Sardor Mirzaev, Temurxo'ja Abduxoliqov (Filip Rayevac, 68)
Zaxira: Mamur Ikromov, Avazbek O'lmasaliev, Shuhrat Muhammadiev, Igor Yelich

Ogohlantirishlar: Azizbek Omonov 10, Diyorjon Turopov 29, Davronbek Hoshimov 50, Egor Krimec 55, Jamshid Iskanderov 60, Temurxo'ja Abduxoliqov 66, Xojiakbar Alijonov 69, Husniddin G'ofurov 90+2.






Ushbu sahifada o'yinning matnli translyatsiyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi. 


MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH





90+3. Uchrashuv yakunlandi, "Paxtakor" ilk turda "Lokomotiv"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi

90+2. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Husniddin G'ofurov

90. O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi

88. O'zgarish. "Paxtakor". Jaloliddin Masharipov o'rniga Javohir Sidiqov tushdi

86. ZARBAAA! Jaloliddin Masharipovning kuchli zarbasi noaniq ketdi

80. O'zgarish. "Paxtakor". Sadriddin Abdullaev o'rniga Sardor Sobirxo'jaev tushdi

75. "Paxtakor" stadionida uchrashuvni 17555 muxlis kuzatmoqda

73. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ARSLONMUROD OMONOV! 3:1. O'ng qanotdan Hoshimov uzatgan to'pni Omonov yaqin masofadan darvozaga joylab qo'ydi 

72. O'zgarish. "Paxtakor". Dostonbek Hamdamov o'rniga Jasur Yaxshiboev tushdi

70. Ogohlantirish. "Paxtakor". Xojiakbar Alijonov

68. O'zgarish. "Lokomotiv". Temurxo'ja Abduxoliqov o'rniga Filip Rayevac

67. ZARBAAAAAAAAAAAAA! Diyorjon Turopovning birga bir vaziyatdan yo'llagan zarbasi yo'liga Quvvatov to'g'anoq bo'ldi!

66. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Temurxo'ja Abduxoliqov

63. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHEDEVR! CHERAN! 3:0. Dragan Hamdamovning to'p uzatishidan keyin Javohir Ilyosovning oldinga chiqib ketganidan foydalanib uning ustidan gol urdi! 


62. O'zgarish. "Lokomotiv". Jamshid Iskanderov o'rniga Arslonmurod Omonov tushdi

61. GOOOOOOOOOOOOOL! DRAGAN CHERAN 2:0. Penaltidan unumli foydalandi

60. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Jamshid Iskanderov

60. PENALTI! "Lokomotiv" darvozasi tomon penalti belgilandi. Hoshimov Masharipovga yiqitgani uchun

55. Ogohlantirish. "Paxtakor". Egor Krimec

53. Cheran to'pni markazda egallab chap qanotdagi Masharipovga uzatdi, Jaloliddin esa havolatib jarima maydoniga kirib borayotgan Sergeevni "ko'rdi". Igor yaqin masofadan hisobni ochdi - 1:0.

53. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! IGOR SERGEEEEEEEEEEV! 1:0. 


50. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Davron Hoshimov

48. ZARBA! Sergeevning zarbasini himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. "Lokomotiv". Azizbek Omonov o'rniga Husniddin G'ofurov


Birinchi taym statistikasi

Burchak zarbalari: 1 - 4
Ogohlantirishlar: 0 - 2
Zarbalar: 6 - 2
Aniq zarbalar: 2 - 1
To'pni ushlab turish %: 54 - 46


45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi

44. Davron Hoshimov hozir qo'li bilan Masharipovni urdi, Sherzod Qosimov futbolchini oxirgi marta ogohlantirdi

42. GOOOOOOOOOOOOOL Dragan Cheran o'yindan tashqari holatda akrobatik tarzda zarba bilan gol urdi, hakamlar golni inobatga olishmadi

36. Bugun Alijonov juda ham faol o'ynamoqda. Himoyachi xatto hujumda ham raqiblarni shoshirib qo'ymoqda

32. UXXX! Krimec va Abduxoliqov to'qnashib kyetishdi! Shifokorlar maydoga tushishdi

32. Xavfli vaziyat! Igor Sergeevning zarbasi o'xshamadi va Ilyosov to'pni ushlab oldi  

31. O'yin qarama-qarshi hujumlar ostida davom etmoqda


29. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Diyorjon Turopov

21. Xavfli vaziyat. Burchak to'pidan keyin ham Ilyosov darvozaga ketayotga to'pni ushlab oldi



20. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Xojiakbar Alijonov o'ng qanotdan jarima maydoniga kirib borib kuchli zarba berdi, Ilyosov bu safar ham to'pni qaytardi!

16. ZARBAAAAAAAA! CHERAN! Draganning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan kuchli zarbasini Javohir Ilyosov ushlab qoldi!

15. "Paxtakor"ning hujumi, Cheran-Masharipov-Abdullaev kombinaciyasi noaniq pas bilan tugadi

13. Davron Hoshimov hozir Jaloliddin Masharipovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Shifokorlar Masharipovga yordam berishdi.



10. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Azizbek Omonov

9. Endi "Paxtakor"da jarima to'pi, Hamdamovning tepgan to'pi jonli devordagi futbolchiga tegib qaytdi

4. "Temiryo'lchilar" uchrashuvni hujumkor tarzda boshlashdi. Ketma-ket ikki marta burchak to'pi samara keltirmadi.

3. "Lokomotiv" jarima to'piga ega bo'ldi. Oshirilgan to'pni Quvvatov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv O'FF sobiq prezidenti Mirabror Usmonov xotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan boshlanmoqda

- "Paxtakor" stadionida Superliganing ochilishi bo'ladi. O'zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda.

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi.


- Derbini ko'rish uchun stadionga kelgan muxlislar


- "Paxtakor" stadionida o'zbek estradasi yulduzlari muxlislarga o'z qo'shiqlarini taqdim etishmoqda



- Ikkala jamoa a'zolari chigalyozdi mashg'ulotlarini bajarishmoqda.

- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia