

So'nggi yillarda mazkur mamlakat futbolining tarbiyalanuvchilari evrofutbolda ancha ko'payib qoldi. Bugun Mali terma jamoasining ayni paytdagi eng qimmatbaho vakillari haqida ma'lumot berishga qaror qildik.
1. Amadu Aydara - 22 mln evro. 23 yoshli markaziy yarim himoyachi ayni paytda "Red Bull Leyptsig" o'yinchisi hisoblanadi.

2. Iv Bissuma - 17 mln evro. 24 yoshli futbolchi Angliyaning "Brayton" klubida to'p tepadi.

3. Mussa Marega - 14 mln evro. 30 yoshli futbolchi 1 oydan keyin "Portu"dan Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasi tarkibiga borib qo'shiladi.




