22 mart kuni O'zbekiston U-23 Toshkentda Hindiston U-23 bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
20 mar 2019, 11:37
Futbol muxlislari diqqatiga!

22 mart kuni futbol bo'yicha O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionati saralashi doirasida Hindiston U-23 terma jamoasi bilan o'yin o'tkazadi. Mazkur bahs Toshkent shahridagi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat 17:00da boshlanadi. KIRISH BEPUL! Chiptalar stadion darvozalari yonida bepul tarqatiladi.

Bu uchrashuv Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois barcha-barchani o'yinga kelib futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlab turishga chorlaymiz!



Sana: 22 mart 2019 yil
O'yin: O'zbekiston U-23 - Hindiston U-23
Boshlanish vaqti: 17:00 (Toshkent vaqti bilan)
Stadion: "Paxtakor"
Mo'ljal: O'FA binosi va metroning "Paxtakor" bekati

Olg'a O'zbekiston!



Eslatib o'tamiz, Toshkentda o'tadigan Osiyo chempionati saralashida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Tojikiston va Hindiston terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Saralash o'yinlarining taqvimi quyidagicha:

22 mart, 17:00
O'zbekiston - Hindiston (Paxtakor stadioni)

24 mart, 17:00
Tojikiston - Hindiston (Paxtakor stadioni)

26 mart, 17:00
O'zbekiston - Tojikiston (Paxtakor stadioni)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia