APL. Uokerning chiroyli goli "Manchester Siti"ga g'alaba keltirdi

Aslanov Jasurbek
1 sen 2018, 23:40
Bugun APLda 4-turga start berildi.

Tumanli albionda bugunga belgilangan so'nggi bahsda amaldagi chempion "Manchester Siti" o'z maydonida "Nyukasl"ni qabul qildi. Uchrashuvdagi hisobdan aynan shu sahifada xabardor bo'lib bordingiz.

YANGILASH


Uchrashuv yakunlanli.

52 - Goool, Kayl Uokyerdan "pushka". Agueroning pasidan so'ng Kayl uzoq masofadan kuchli va aniq zarba yo'lladi, super gol.


Deandre Yedlin hisobni tenglashtirgan vaziyat.


Jezusdan yakkakurash sport turlariga hos harakat.


30 - Goool, Yedlin muvozanatni tikladi - 1:1. Salomon Rondon tomonidan uzatib berilgan ajoyib pasni himoyachi havoga sovurmadi. Qizig'i, aynan Yedlin o'tgan turda "Chelsi"ga qarshi bahsning 88-daqiqasida kutilmaganda o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygan va jamoasining 1:2 hisobidagi mag'lubiyatiga sababchi bo'lib qolgan edi.


Sterling gol urganidan so'ng.


8 - Goool, Raxim Sterling chap tomondan o'rtadaga yurib bordi va aylanma zarba bilan hisobni ochdi.


APL
01.09.2018, 4-tur
"Etixad stedium"
"Manchester Siti" – "Nyukasl" 2:1 LIVE
Gollar:
R.Sterling 8? K.Uoker 52 - Yedlin 30

"Manchester Siti": Ederson, Stounz, Mendi, Uoker, Laport, Marez, Fernandino, Silva, Sterling, Gabriel Jezus (Bernardu Silva, 57), Aguero.
"Nyukasl": Dubravka, Fernandes, Klark, Dammett, Lassels, Ki Son Yon, Kenedi (Kristian Atsu, 54), Diame, Yedlin, Peres, Rondon.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia