Superliga. "Sport TV" Namangandagi markaziy uchrashuvni to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatadi

Tolibjon Qosimov
28 iyul 2018, 11:59
Bugun Superligada 19-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Unga ko'ra, bugunga mo'ljallangan har uchchala o'yin ham bir xil vaqtda boshlanadi. Ushbu tur uchrashuvlari va ularning boshlanish vaqtlari haqida oldinroq habar bergan edik.

"Sport" telekanali bugungi o'yinlar orasida eng asosiy hisoblangan va juda ko'pchilikning diqqat-markazida turgan "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvini to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatadi. Namangandagi "Markaziy" stadionidagi bahs 20:00da start oladi. Uchrashuvni "Sport TV"da Elyor Abdulvohidov sharhlab boradi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia