

Ben-Arfa "France Football" gazetasining bir sahifasini sotib olib, unda Fransiya terma jamoasining mundialdagi ishtiroki xususida maqola chop etdi.
"Fransiya terma jamoasining muvaffaqiyatidan barcha qatori men ham juda quvondim. Muxlislar, futbolchilar va Dide Deshan qanchalar baxtli ekanligini tushunib turibman. Lekin men bir narsani so'ramoqchiman, keling to'g'risini aytamiz: Fransiyaning ushbu g'alabasi haqiqiy zavq bag'ishladimi? Sizlar baxtlimisizlar? Meni nazarimda, Fransiyaning mundialda ko'rsatgan uslubi va o'yini juda badbashara bo'ldi. Men bu uslub endi Fransiya akademiyalarida va klublarda qo'llanishini istamayman.
To'g'ri, bu uslubi juda samarali va foydali. Biz raqib xato qilishini kutamiz va ularni bu xatolari uchun tezda jazolaymiz. Fransiya qo'llagan bu uslub foyda keltirdi. Bu uslubga ko'nikish va uzlashtirish juda oson. Ammo bu endi Evro-2020 saralash bosqichida ish bermaydi. Fransiya mundialda qo'llagan uslubini asiriga aylanadi.
Fransiyada hozir ajoyib avlod yetishib chiqqan. O'yin qurishda tengsiz bo'lganlar - Grizmann, Fekir, Mbappe, Dembele... Bu futbolchilar bilan Deshan tanlagan uslubda o'ynash jinoyat. Fransiya bu kabi ijrochilar bilan yanada chiroyli, yorqin va kuchliroq o'ynashga qodir. Tushuning, biz raqibga qarab o'ynashimiz kerak emas. Aksincha, Fransiya o'z uslubini raqibga o'tkazishi, o'yinni to'liq nazorat qilishi lozim. Aynan shu jihat Fransiya futboli falsafasiga to'g'ri keladi.
Men mese Dide Deshan oldida shlyapamni echaman. Lekin Fransiya terma jamoasi rulida Zinedin Zidanga o'xshagan mutaxassisni ko'rishni istardim. Shundagina biz nafaqat natijadan, balki o'yindan ham rohat olamiz".
(c) Xatem Ben-Arfa.

Eslatib o'tamiz, Xatem Ben-Arfa ayni paytda erkin agent maqomiga ega. O'tgan mavsumda PSJ a'zosi sanalgan ushbu futbolchi Fransiya chempionatida ham, YCHLda ham umuman maydonga tushgani yo'q.



