2022 yilning oxirgi va 2023 yilning ilk rasmiy goli kimlar tomonidan urildi?

Eldor Akmurzayev
2 yanv 2023, 08:20
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) ajoyib ma'lumotni ulashdi.

Unga ko'ra, 2022 yilning oxirgi rasmiy goli Saudiya Arabistoni chempionatida urildi. 11-tur doirasida o'tgan “Al Hilol” bilan bahsda “Damk” himoyachisi Hasan Al Shamroni 90+1-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi – 2:2.

2023 yilning ilk rasmiy goli esa Avstraliya birinchiligida urildi. 10-tur doirasidagi “Nyukasl Jets”ga qarshi bahsda (2:0) “Sidney”ning angliyalik 36 yoshli legioneri Adam Le Fondr hisobni ochishga erishdi. Bu yangi yildagi ilk gol sifatida tarixdan joy oldi.

*Muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC) asosida hisoblangan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: IFFHS