2021 yilgi O'zbekiston Kubogi finalini qabul qilish uchun 5ta klub ariza yubordi

Narzulla Saydullayev
16 mar 2021, 10:53
O'zPFL 2021 yilgi O'zbekiston Kubogi final uchrashuvini o'z stadionida o'tkazishni istagan klublardan arizalarni qabul qildi.

"AGMK, "Bunyodkor", "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Surxon" futbol klublari O'zbekiston Coca-Cola kubogi-2021 finaliga mezbonlik qilish bo'yicha ariza topshirdi.

Musobaqaga qur'a tashlash 18 mart kuni bo'lib o'tadi.

So'nggi ikki katta futbol matchimizga Namangan hamda Samarqand mezbonlik qildi. Biri qur'ada g'olib chiqdi, ikkinchisiga o'zimiz tashabbus bilan chiqdik.

2021 yilgi O'zbekiston Coca-Cola kubogining final uchrashuviga mezbonlik qilish istagida bo'lganlardan 14 martga qadar arizalar qabul qilindi. Afsuski, biz kutganimiz "Nasaf", "Istiqlol", "Navbahor" stadionlaridan taklif kelib tushmadi. Barchasi ochiq bo'lishi uchun kanalimizda bu haqda yozib bordik. Umid qilamizki, bu borada futbol muxlislari bizni to'g'ri tushunishadi", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi kanalida.

Eslatib o'tamiz, 2020 yilgi mamlakat kubogi finali Namangan shahridagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tgandi. Unda "Paxtakor" AGMK ustidan 3:0 hisobida g'alabaga erishgan.
 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia