2019 va 2020 yillardagi klublar o'rtasidagi JCH Qatarda o'tkaziladi

Aslanov Jasurbek
3 iyun 2019, 18:15
Qatar 2019 va 2020 yillarda bo'ladigan klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Bu haqida FIFAning Parijdagi yig'ilishida e'lon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, 2021 yildan boshlab musobaqada 6ta qitaning 24ta klubi qatnashadi. Mazkur klublar o'rtasidagi o'ziga xos mundial 17 iyundan 4 iyulgacha bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda.

Yangi formatdagi ilk turnirda Yevropadan 8ta, Janubiy Amerikadan 6ta, Afrika, Osiyo va KONKAKAFdan 3tadan hamda Okeaniya mintaqasidan bitta klub ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Associated Press