2018 yilgi mavsum reglamenti. Klublar oldiga qanday asosiy talablar qo'yildi?

Tolibjon Qosimov
30 dek 2017, 10:38
O'zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsum reglamentini tasdiqlagani haqida kecha xabar berib o'tilgan edi.

Reglamentda birinchi navbatda yangi mavsumda klublar oldiga qo'yiladigan talablar ko'rsatib o'tilgan.

Jumladan, Superliga va Pro-ligada ishtirok etuvchi klublar

O'FF va PFL tomonidan chiqariladigan Qarorlarga bo'ysunishi;

FIFA tomonidan tan oligan xalqaro sertifikati bor murabbiylarga ega bo'lishi;

- Tegishli talablarga javob beradigan stadionga ega bo'lishi (Superliga klublari uchun kamida 5 000 o'rindiqli, Pro-liga jamoalari uchun kamida 3 ming o'rindiqli) hamda bu stadionlardagi yoritish tizimi kamida 1200 lyuks bo'lishi;

Mashg'ulotlar o'tkazish uchun talabga javob beradigan futbol maydonlari, trenajyor zallari, o'quv xonalari, futbolchilar uchun yotoqxonalar va ovqatlanish xonasiga ega bo'lishi;

O'z tizimida kamida 100 nafar tarbiyalanuvchisi bo'lgan, barcha shart-sharoitlar bilan taminlangan futbol maktabi (akademiya)ga ega bo'lishi (Superliga jamoalariga tegishli). Pro-liga klublari o'z maktabi yo'q bo'lgan taqdirda, boshqa Futbol maktablari bilan uzoq yillik hamkorlik bo'yicha shartnomaga ega bo'lishi (Bu holatda Pro-liga klublariga Superliga klublari qoshidagi futbol maktablari bilan shartnoma tuzish taqiqlanadi);

O'z tizimida ayollar, futzal jamoalariga ega bo'lishi (Superliga jamoalariga tegishli);

Transport vositalari, jumladan, kamida 25 o'rindiqli avtobusga ega bo'lishi, shuningdek, zarur ofis jihozlari va texnikasi mavjud bo'lishi;

O'z matbuot xizmati va veb-sayti bo'lishi shart etib belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com