

Saudiya Arabistoni, BAA va Qatar vakillarining iltimosiga ko'ra, OCHLning g'arb mintaqasidagi o'yinlari dushanba va seshanba kunlariga ko'chiriladi.
Yuqoridagi uchta chempionat vakillari o'z taqvimlarini tuzishda muammoga duch kelayotganliklari uchun shu taklifni berishgan. Undan tashqari, TV translyatsiya bo'yicha bo'layotgan muammoning ham shu yo'sinda oldi olinmoqchi.
Yana bir ma'lumot, OCHL - 2017 va 2018 yillar kvotasi, shu yilning noyabr oyining FIFA reytingi asosida ma'lum qilinadi.



