2017 yilda eng ko'p gol urgan Xarri Keyn APLda maosh olish bo'yicha 35-o'rinda ekan

Narzulla Saydullayev
28 dek 2017, 17:50
"Tottenxem" klubi hujumchisi Xarri Keyn haftasiga qancha maosh olishini bilasizmi?

2017 yilda TOP-5 chempionat futbolchilari orasida eng ko'p gol urishga erishgan Xarri Keyn haftasiga 110 ming funt sterling maosh oladi. Bu Angliya premer-ligasi futbolchilari orasida 35-o'rin deganidir. 

APLda eng ko'p maoshni "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba oladi - 290 ming funt. Keyingi o'rinda uning jamoadoshi Romelu Lukaku qayd etilgan - 250 ming funt.

Keyndan tepada Xaver Ernandes, Bernardo Silva, Kris Smolling, Fil Jons, Lyuk Shou, Maruan Fellayni, Daniel Starridj va Yaya Ture kabi futbolchilar bor.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif