O'zbekistonga kelgan 1998 yilgi Jahon chempioni Shomurodov haqida gapirdi

Narzulla Saydullayev
17 may 2022, 16:48
Ayni paytda Italiya A seriyasi yulduzlari Toshkentda bo'lib turishibdi.

"Bunyodkor" stadionida o'tgan matbuot anjumanida fransiyalik sobiq futbolchi, 1998 yilgi Jahon chempioni, 2000 yilgi Yevropa chempioni, 2001 yil "Roma" safida Italiya chempioni bo'lgan Vensan Kandela Eldor Shomurodov haqidagi savolga javob berdi.

"Eldor Shomurodov uchun bu mavsum "Roma"dagi birinchisi edi, bundan tashqari Mourinyu ham shu mavsum boshida klubga kelgan. Shu bois jamoadagi taktika o'ziga xos. Shomurodov bu mavsum kam o'ynagan bo'lsa ham, qatnashgan bahslarida juda foydali harakat qildi. Uning texnikasi va jismoniy holati menga juda yoqadi. Faqat bazi kamchiliklarini to'g'rilasa juda kuchli o'yinchiga aylanishiga ishonaman", - dedi 1998 yilgi Jahon chempioni Vensan Kandela.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia