1996 yilgi Yevropa chempioni: "Yuventus" Buffon bilan Chempionlar ligasini yuta olmaydi"

Tolibjon Qosimov
15 fev 2018, 19:36
1996 yil Germaniya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempioni bo'lgan sobiq futbolchi Mario Basler Buffon haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

Uning so'zlariga ko'ra, "Yuventus" Jiji bilan birga Chempionlar ligasida g'alaba qozona olmaydi.

"Buffon o'zgacha darvozabon bo'lgan. Lekin, u ketish uchun eng qulay vaziyatni o'tkazib yubordi. Ehtimol, u Chempionlar ligasini yutishni xohlagandir, lekin u endi xalqaro darajaga javob bera olmaydi. U bilan "Yuventus" kubokni qo'lga kirita olmaydi", - dedi Basler.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia