1989/90 yilgi mavsumdan beri ilk marotaba MYUdan hech kim ramziy terma jamoaga kiritilmadi
Aziz Tukhtamuradov
28 apr 2014, 09:39
Angliya professional futbolchilari assotsiatsiyasi (PFA) mavsumning ramziy terma jamoasiga MYUning birorta ham futbolchisini kiritmadi.
Shu tariqa, 1989/90 yilgi mavsumdan beri ilk martoba "MYU" jamoasidan futbolchi ramziy terma jamoaga kiritilmadi.
Eslatib o'tamiz, manchesterliklar Chempionlar Ligasiga yo'llanma olish imkoniyatini xam qo'ldan chiqardilar va Rayan Giggz boshchiligida Yevropa Ligasida ishtirok etish huquqini beruvchi o'rinlardan birini qo'lga kiritish uchun kurash olib bormoqdalar.