Superliga. 11-tur. "Qo'qon-1912" o'z uyida "Neftchi" bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
10 may 2018
Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Neftchi" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasi va eng asosiy vaziyatlari bilan tanishib borish mumkin. 


YANGILASH



90+5. Uchrashuv tugadi. "Qo'qon-1912" - "Neftchi" 1:1

90+5. O'zgarish. Abdujamol Isroilov o'rniga Davron Mamatov

90+4. Ogohlantirish. Abdumavlon Abdujalilov

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi

89. O'tkir Yusupov jamoasini goldan qutqardi!

85. O'zgarish. Asqaraliev o'rniga Abdul Aziz Yusupov tushdi

82. "Qo'qon-1912" katta kuch bilan hujumga o'tmoqda

80. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! SUHROB BERDIIIEV! 3 metrdan zarba berdi, to'pni darvoza chizig'i ustidan Alisher Samatov qaytardi!

77. ZARBAAAAAAAAA! Nosirbek Otaqo'zievning zarbasi salgina noaniq chiqdi!

74. O'zgarish. G'iyos Komilov o'rniga Oybek Rustamov tushdi

70. Bugungi uchrashuvda stadiondan 10 036 nafar muxlis kuzatib borishmoqda

66. ZARBAAAAAAA! "Neftchi"ning hujumidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi

65. O'zgarish. Abdurahmon Abdulhaqov o'rniga Abbos Maxstaliev tushdi

62. Chetlatish. Abrorbek Ismoilov! Ikkinchi ogohlantirish

60. ZARBAAAAAAAAA! Muhammadanas Hasanovning kuchli zarbasini Abdujalilov qaytardi!

56. O'zgarish. Milan Spremo o'rniga Muhammadanas Hasanov tushdi

55. Xurshid Asqaralievning pasidan so'ng Dostonbek Tursunov gol urdi - 1:1. 

55. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DOSTON TURSUNOV! 1:1

53. Milan Spremo jarima to'pini amalga oshirdi, G'iyos Komilov hisobni ochdi - 1:0. 

53. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! G'IYOS KOMILOV! 1:0

49. Ogohlantirish. Abrorbek Ismoilov

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. Quvondiq Ro'ziev o'rniga Bahodir Pardaev tushdi


45+2. Birinchi taym tugadi

45+1. ZARBAAAA! Nosirbek Otaqo'zievning zarbasi noaniq ketdi

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi

42. Ogohlantirish. O'tkir Yusupov

41. O'tkir Yusupov va Abdurahmon Abduhaqov to'qnashib kyetishdi, hakam darvozabonni aybdor deb topdi

38. Ogohlantirish. Xurshid Asqaraliev

37. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! Sidiqovning pasidan so'ng Berdiev zarba berdi, to'p osmonga qarab ketdi!

35. ZARBAAAAAAAAAA! Milan Spremoning zarbasi noaniq chiqdi!

33. Xavfli vaziyat. Asqaralievning pasidan so'ng Abdulhaqov zarba berishga urindi, himoyachilar unga imkon berishmadi

30. Xolmuxamedovning zarbasini Abdujalilov ushlab oldi

25. ZARBAAAAAAAAAA! Abdurahmon Abdulhaqov jarima maydoniga kirib borib zarba berdi, to'p darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi!

21. ZARBAAA! Milan Spremo qulay vaziyatdan noaniq zarba yo'lladi!

20. ZARBA! Nosirbek Otaqo'zievning bosh bilan zarbasi muxlislarni hayajonga soldi

18. Ogohlantirish. Iskandar Shoyqulov

15. Sidiqov-Berdiev-Otaqo'ziev kombinaciyasi chiroyli chiqqan edi. So'nggi zarbani berishga himoyachilar halaqit qilishdi

10. ZARBA! Suhrob Berdievning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi biroz noaniq bo'ldi

8. ZARBAAAA! Xolmuhammedov to'pni burchakdan uzatdi, G'iyos Komilov boshi bilan zarba berdi, Abdujalilov to'pni qaytardi!

1. O'yin boshlandi

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.



Superliga. 11-tur
“Qo'qon-1912” – “Neftchi” 1:1
Hakamlar: 
V. Agishev (Toshkent), D. Saylavov (Toshkent), R. No'monov (Toshkent), A. Rahimov (Andijon), A. Rahimov (Toshkent)
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent)
Komissar: B. Aripov

Gollar: G'iyos Komilov 53, - 1:0 (Milan Spremo). Doston Tursunov 55, - 1:1 (Xurshid Asqaraliev).
“Qo'qon-1912”: 1. O'tkir Yusupov, 5. G'iyos Komilov (15. Oybek Rustamov, 74), 9. Nosirbek Otaqo'ziev, 10. Javohir Sidiqov, 17. Quvondiq Ro'ziev (18. Bahodir Pardaev, 46), 19. Suhrob Berdiev, 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 95. Milan Spremo (96. Muhammadanas Hasanov, 56).
Zaxira: 21. Muzaffar Abdullaev, 4. Bahodir Akramov, 7. Jamshid Hasanov, 14. Avaz Mamatxo'jaev, 29. Igor Taran, 41. Saveliy Abramov,
“Neftchi”: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 2. Iskandar Shoyqulov, 3. Shukur Po'latov, 14. Abror Ismoilov, 19. Avaz O'lmasaliev, 20. Husniddin G'ofurov, 22. Abdujamol Isroilov (27. Davron Mamatov, 90+4), 23. Abdurahmon Abdulhaqov (8. Abbos Maxstaliev, 65), 25. Alisher Samatov, 71. Xurshid Asqaraliev (9. Abdul Aziz Yusupov, 85), 95. Doston Tursunov.
Zaxira: 21. Farrux Turdaliev, 6. Otabek Ahmadjonov, 10. Anvar Berdiev, 13. Jamshid Qobulov, 55. Avaz Agaliev, 90. Islom Karimov.

Ogohlantirishlar: Iskandar Shoyqulov 18, Xurshid Asqaraliev 38, O'tkir Yusupov 42, Abror Ismoilov 49,

Chetlatish: Abrorbek Ismoilov 62 (2SK)



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia