“Nijniy Novgorod stadioni” haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Narzulla Saydullayev
11 apr 2018, 11:36
Bugun, ananamizga muvofiq, Jahon Chempionati-2018 o'yinlari o'tkaziladigan stadionlardan biri “Nijniy Novgorod stadioni” haqida ma'lumot beramiz.


•    JCH-2018ning 6ta o'yini “Nijniy Novgorod stadioni”da bo'lib o'tadi
•    Stadion Oka va Volga daryolari tutashgan go'zal maskanda joylashgan

Bugun, ananamizga muvofiq, Jahon Chempionati-2018 o'yinlari o'tkaziladigan stadionlardan biri “Nijniy Novgorod stadioni” haqida ma'lumot beramiz.

O'yinlar
“Nijniy Novgorod stadioni”da mundialning 6ta o'yini, shuningdek, 1/8 final uchrashuvi va chorak final bahslari bo'lib o'tadi. Argentinaliklar va inglizlar o'rtasidagi guruh bosqichidagi bahs ham aynan shu yerda bo'lib o'tadi.

Imkoniyatlari

Chempionat vaqtida “Nijniy Novgorod stadioni”ga 45 000 tomoshabin tashrif buyurishi mumkin.

Joylashgan o'rni

JCH-2018 uchun maxsus barpo etilgan stadion go'zal maskan - Strelka atrofida, Oka va Volganing tutashuv joyida qurilgan. Arenaga uzoq bo'lmagan joyda Nijniy Novgorodning asosiy e'tiborga sazovor maskanlaridan biri - Aleksandr Nevskiy sobori joylashgan.


Bilasizmi?
“Nijniy Novgorod stadioni” bunyod etilishida asosan ko'k va oq ranglardan foydalanilgan. Qurilishda sportchi va tomoshabinlarning xavfsizligini taminlashda, hamda stadion jahon talablariga javob bera oladigan bo'lishida zamonaviy xom-ashyolardan foydalanilgan.

Dastlabki o'yinlar
Boshqa stadionlar kabi “Nijniy Novgorod stadioni”da ham so'nggi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kunda “Olimpiec” klubi joriy mavsumning bir nechta uy o'yinlarini shu stadionda o'tkazishi rejalashtirilmoqda.

   
Meros
Chempionatdan so'ng, stadion mahalliy futbol klubi “Olimpiec”ga uy arenasi bo'lib qoladi. Bundan tashqari, stadionga fitnes va tibbiyot markazlari qurilishi ham rejalashtirilgan. Stadion keyinchalik mahalliy aholining dam olish maskanlaridan biriga aylantiriladi. Arena atrofiga esa velosiped uchish yo'lakchalari, mashinalar to'xtash joyi ham qurilishi rejaga kiritilgan.    


"Lujniki" stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

“Rostov Arena” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak? 

"Qozon Arena" stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

“Ekaterinburg Arena” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

“Kaliningrad” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?


Nozima Zaripova tarjimasi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fifa.com