19 yoshidayoq "Ulkan toj" sovrinini yutgan afsona - Rafael Nadal haqida

Aziz Tukhtamuradov
24 may 2019
Bir necha kundan so'ng tennis olamida yilning eng nufuzli musobaqalaridan biri hisoblangan "Ulkan toj" turkumidagi "Rolan Garros" turniri start oladi.

Olamsport.com arxividan:

Ushbu musobaqa haqida gap ketganida tennis muxlislari ko'z o'ngiga grunt kortlar qiroli - Rafael Nadal keladi. Ana shu nufuzli musobaqa oldidan dunyo tennisi yulduzi, ispaniyalik torrido Rafael Nadal haqidagi ma'lumotlarni e'tiboringizga taqdim etishga qaror qildik.

To'liq ismi - Rafael Nadal Parera. 1986 yilning 3 iyunida Ispaniyaning Manakor shahrida dunyoga kelgan. Otasi Sebastyan Nadal - biznesmen, shaxsiy sug'urta kompaniya va restoraniga ega. Onasi - uy bekasi. Mariya Isabel ismli singlisi bor. Rafa uch yoshidan tennis bilan shug'ullanishni boshlaydi. Unga yoshligidan tennis sirlarini amakisi Toni Nadal o'rgatib kelgan. Nadal yoshligida tennisdan tashqari futbol bilan ham tengma-teng shug'ullanib boradi.

Sakkiz yoshga to'lgan Rafael o'n ikki yoshgacha bo'lgan tennischilar o'rtasida o'z mintaqasida tengsiz deb topiladi. O'n ikki yoshida Ispaniya va Yevropada o'z yoshida ko'plab musobaqalarda g'oliblikni qo'lga kiritadi, shu bilan birga futbolni xam tashlab qo'ymaydi. Shunda otasi ...


Jahon tennisi yulduzi haqidagi maqolaning to'liq qismi quyidagi sahifada > > > 19 yoshidayoq "Ulkan toj" sovrinini yutgan afsona - Rafael Nadal haqida


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com