14ta o'yinda g'alabaga erisha olmagan "Kyoln" bosh murabbiyi ishdan haydaldi

Aslanov Jasurbek
3 dek 2017
"Kyoln" bosh murabbiyi Peter Shtyoger o'z vazifasini tark etdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti e'lon qildi. Vaqtincha uning o'rnini "Kyoln" U19 jamoasi ustozi Shtefan Rutenbek egallab turadi.

"Kyoln" Bundesliganing 14 turida birorta g'alabaga erishmadi va 3 ochko bilan turnir jadvalida so'nggi o'rinni egallab turibdi.

Bundesliga turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia