Shukurali Po'latov va Otabek Zokirov "Qizilqum"ni tark etdi

Narzulla Saydullayev
2 dek 2017, 12:06
Navoiyning "Qizilqum" klubini ikki nafar futbolchi tark etdi.

Po'latov va Zokirov Navoiy klubi bilan xayrlashishdi. Bu haqda futbolchilarning o'zlari saytimizga ma'lum qilishdi.

Shukurali Po'latov bu mavsum 25ta o'yinda maydonga tushdi va 2168 daqiqa harakat qildi. Otabek Zokirov esa 28 marta maydonga tushib 2023 daqiqa harakat qildi va 6ta gol urdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia