

Bu haqda saytimiz xodimi Shahboz Beg'amov ma'lum qildi.
Jamshid Iskanderovga Eron chempionatining "Sepaxon" jamoasidan jiddiy qiziqish mavjud.
Ma'lumotlarga ko'ra, Iskanderov "Sepaxon" bilan muzokaralarga kirishgan.
Qoidaga ko'ra, futbolchi amaldagi klubi bilan shartnomasi tugashiga 6 oydan kam vaqt qolganida boshqa jamoa bilan muzokaralarga kirishishi va shartnoma imzolashi mumkin.

"Paxtakor" klubi matbuot xizmati bilan bog'langanimizda, ular Jamshid Iskanderov borasidagi xabarni izohsiz qoldirishdi.
Eslatib o'tamiz, Iskanderovning "Paxtakor" bilan tuzgan shartnomasi yil yakunida o'z nihoyasiga etadi.



