18 yil kutilgan chempionlik. U qanday nishonlandi? FOTO + VIDEO

Narzulla Saydullayev
15 may 2017, 18:09
Gollandiya chempionatining so'nggi turida "Feyenoord" o'z maydonida "Xerakles"ni 3:1 hisobida taslim qilib 1999 yildan buyon mamlakatda tengsiz bo'la oldi.

Amstyerdamning "Ayaks" klubi undan bir ochko kam jamg'arib kumush medallariga ega chiqdi.

"Feye" muxlislari chempionlikni nishonlashni o'yindan oldinoq boshlab yuborishgandi. Rottyerdam klubi bitta oldingi turdayoq chempionlikka erishishi mumkin edi. Biroq kutilmaganda "Ekselsior"ga 0:3 hisobida yutqazib qo'ygandi. O'sha bahsdan so'ng klub muxlislari ko'chada tartibsizliklar keltirib chiqarishgandi.

Kecha esa barchasi bayramona kayfiyatda bo'ldi. Tajribali Dirk Kyuyt birinchi daqiqadayoq gol urishga erishdi. Keyin yana ikkita gol urdi... muxlislar uning golini shunday nishonlashdi

TAS-IX 
VIDEO


TAS-IX Emas






Jovanni van Bronxorst "Feyenoord" safida futbolchi sifatida Gollandiya chempioni bo'la olmagandi. Murabbiy sifatida bu ishni amalga oshira oldi.



Uchrashuv yakunlangach Rottyerdamga 100 mingdan ortiq muxlislar 18 yil kutilgan chempionlikni nishonlashdi.

TAS-IX  
VIDEO


TAS-IX Emas





O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia