La Liga. “Barselona” Bilbaodan uch ochko bilan qaytadi

29 okt 2017, 01:42
Ispaniya chempionatining 10-turidan o'rin olgan markaziy bahs- Bilbaodagi “San Mames” stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida  Messi jamoasining hujumini boshladi va to'pni chap qanotdagi sherigi Albaga uzatdi. Qanot himoyachisi raqib jarima maydonchasiga yaqinlashdi va to'pni aynan Messiga qaytardi. Leo esa o'zining afsonaviy chap oyog'ida kuchli va aniq zarba yo'llab, o'yinda hisobni ochdi. Goldan keyin ham har ikkala tomonda ko'plab imkoniyatlar yuzaga keldi. Ayniqsa, mezbonlarning bir biridan xavfli zarbalarini “Barsa” posboni Ter Shtegen ajoyib “seyv”lar orqali bartaraf etib turdi. Mehmonlar o'yinning so'nggi daqiqalarida raqibni qarshi hujumda jazolashdi. Paulino darvozabon qaytargan to'pni osonlik bilan bo'sh qolgan darvozaga yo'lladi – 0:2.

Ispaniya chempionati, 10-tur.

Atletik – Barselona 0:2

Gollar:0:1 – 36 Messi, 0:2 – 90 Paulino

Atletik – Arrisabalaga, Nunes, Laport, Inigo Lekue, Boveda, San Xose (Benyat, 68), Kordoba, Iturraspe, Raul Garsiya, Inyaki Uilyams (Susaeta, 83), Aduris.

Barselona –ter Stegen, Alba, Pike, Umtiti, Paulino, Serdji Roberto, Andre Gomesh (Nelson Semedu, 83), Buskets, Rakitich, Suares, Messi.

Ogohlantirish:Iturraspe (41), Buskets (47), Pike (63), Paulino (75), Umtiti (81).





Manba: championat.asia