Breaking News: "Barsa" taslim bo'ldi

Omonjon To`xtamirzayev
3 avg 2017, 23:07
Mana bir necha haftadan buyon futbol jamoatchiligi Neymar "Barselona"dan PSJga o'tadimi yoki yo'q degan savolga javob izlash bilan ovvora.

Xabaringiz bor, futbolchi va Kataloniya klubi o'rtasidagi shartnomada tovon puli 222 million evro etib belgilangan.

PSJ rahbariyati o'sha summani to'lashga rozi, ammo "Barselona" o'z yetakchisidan ayrilgisi kelmayotgan edi. Ammo yakunda bari bir "Barselona" taslim bo'ldi va masala francuzlar istagandek yakun topdi.

"Barselona" Neymar shartnomasida belgilangan 222 million evro to'lab berilganini rasman tasdiqladi!

Shu bilan "Neymarning "Barselona"dan ketishi" nomli ertak yakunlandi. 


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia