Ana shunday yoshlardan biri shubhasiz Jahongir Abdusalomov sanaladi. Uning kelajagi porloq ekanligini ko'rsatayotgan o'yinlaridan bilib olsa bo'ladi. Har bir harakatida hujumchiga xos sovuqqonlik va tezkorlik mavjud bo'lgan Jahongir 2012 yildan buyon “Bunyodkor” futbol akademiyasi a'zosi. Dastlabki futbol sabog'ini “Andijon” futbol akademiyasida olgan.
-Nega aynan “Bunyodkor” futbol akademiyasini tanladingiz?
- Men 11 yoshimdan “Andijon” futbol akademiyasida shug'ullana boshlaganman. Ilk murabbiyim Viktor Nikolaevich qo'l ostida futbol dunyosiga kirib kelganman. “Bunyodkor” futbol akademiyasini tanlashimning asosiy sabablari sifatida akademiyaning yangi tashkil etilganligi, bu yerdagi murabbiylarning yuksak mahorat sohiblari ekanliklari, shug'ullanish uchun barcha sharoitlarning a'lo darajada tashkil etilganligini ko'rsatib o'tishim mumkin.
-“Bunyodkor” va “Andijon” futbol maktablari o'rtasida qanday farqlar bor ekan?
- “Andijon” futbol maktabida ham barcha sharoitlar yaxshi edi. Murabbiylarimiz biz bilan ishlashda o'ziga xos usullardan foydalanardi. Bu akademiyada ko'p narsalarni o'rgandim. “Bunyodkor”da esa hammasi undan-da yaxshiroq. Bu mashg'ulot jarayoni deysizmi, murabbiylarning ishlash uslubi yoxud baza nuqtayi nazaridan olib qaraysizmi, “Bunyodkor”da barchasi yuksak darajada. Akademiyada faoliyat yuritayotgan har bir kishi biz bilan juda yaxshi munosabatda; xoh u murabbiy bo'lsin, xoh u oshpaz, xoh u tibbiyot xodimi…
-Bu yil bo'lib o'tgan shahar birinchiligiga to'xtalib o'tsangiz...
- Bu yilgi shahar birinchiligida 30 jamoa 2 guruhga bo'lingan holda kuch sinashishdi. Jamoamiz “A” guruhidan joy oldi va barcha – 14 ta o'yinni ham o'z foydamizga hal qilib, ikkinchi bosqichga guruhda birinchi o'rin bilan yo'l oldik.
-Qaysi jamoalar sizlar uchun eng noqulay raqib sanaladi?
-Bu yilgi birinchilikda “Lokomotiv” jamoasi bizga yaxshigina qarshilik ko'rsatishdi. Biroq asosiy raqobatchi jamoalar sifatida men “Paxtakor” va “Spartak” jamoalarini ko'rsatgan bo'lar edim. Bu ikki jamoa birinchilikda “B” guruhidan joy olishgandi. Ular ham keyingi bosqichga chiqishdi. Endi musobaqaning ikkinchi bosqichida ular bilan kuch sinashamiz.
-Bir mavsumda maksimal nechta gol urasiz?
-Toshkent birinchiligida 14 ta uchrashuvda 50 ta (!) gol urdim. Bunda albatta jamoadoshlarimning xizmatlari katta bo'ldi.
-Hujumchi birinchi o'rinda qanday sifatlarga ega bo'lishi kerak?
-Bilamizki, bu poziciya vakili uyushtirilayotgan hujumni yakunlovchi o'yinchi sanaladi. Bu esa o'z navbatida futbolchidan tezkorlik, aniqlik va ozgina sovuqqonlikni talab etadi. O'yin jarayonida bu sifatlarga alohida ahamiyat berishga harakat qilaman.
BIZNING MA'LUMOT:
Ism-familiyasi: JahongirAbdusalomov
Tug'ilgan yili: 1999-yil
Tug'ilgan joyi: Andijon viloyati Xonobod shahri
Ampluasi: Hujumchi
Sevimli jamoasi: “Barselona”
Yoqtirgan futbolchisi: Leonel Messi
Ilk murabbiyi: Viktor Nikolaevich Vasilev
Sanjar ISMATOV suhbatlashdi