1 golning narxi 1 avtomobilga teng bo'ldi

Mirjalol Normatov
1 sen 2019
"Axmat" prezidenti Magomed Daudov jamoa yarim himoyachisi Bernardu Berishaga sovg'a topshirilganini ma'lum qildi.

"Berisha Checheniston Birinchi Prezidenti, Rossiya Qahramoni Axmat-hoji Qodirovning jamoat fondidan "Hyundai Solaris" avtomobili topshirildi. U shanba kungi bahsning so'nggi daqiqalarida gol kiritdi va jamoamizni mag'lubiyatdan saqlab qoldi va haqli ravishda "Axmat" - "Tambov" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Men klubga ishonaman! Olg'a, "Axmat"!", deb yozadi Daudov o'z instagramida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/lord_095/