Latest news

16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  1 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  0 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   11 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  7 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  12

"Гулистон" 16 декабрдан ўқув-йиғин машғулотларига киришади. Клуб президенти, директори ва бош мураббийи маълум News

"Гулистон" 16 декабрдан ўқув-йиғин машғулотларига киришади. Клуб президенти, директори ва бош мураббийи маълум

"Гулистон" қайтмоқда.

"Вилоят ҳокимлиги ташаббуси билан "Гулистон" профессионал футбол клубини ташкил этиш бўйича ишлар жадал суръатларда бошлаб юборилди.

Бугунги кунда клубнинг бошқарув тизими тўлиқ шакллантирилиб, мураббийлар штаби ҳам аниқланди. Жамоа 16 декабрдан бошлаб ўқув-йиғин машғулотларига киришади. Бу эса янги ташкил этилаётган клубнинг олдига қўйилган юксак мақсадлар сари ташланган муҳим қадамдир.

Клуб президенти лавозимига Ашурматов Ойбек Шодмонқулович тайинланди. Клуб директори сифатида эса яқин ўтмишда "Машъал" ва "Насаф" жамоалари сафида ёрқин ўйинлари билан мухлислар меҳрини қозонган, АФК Кубоги соҳиби, таниқли футболчи Жаҳонгир Жиямуродов фаолият олиб боради. Уларнинг раҳбарлигида клубни замонавий талабларга мос тарзда ривожлантириш ишлари изчил давом эттирилмоқда.

Жамоанинг бош мураббийи этиб ЎФА инструктори, тажрибали ва иқтидорли мутахассис Аббос Эргашев тайинланди. Ҳозирги вақтда жамоа таркибини шакллантириш ишлари олиб борилмоқда, истиқболли футболчилар жалб этилмоқда. Тез орада клуб ҳаётига оид муҳим янгиликлар билан футбол мухлисларини мунтазам хабардор қилиб борамиз.

"Гулистон" профессионал футбол клуби — ҳудуд футболи ривожи йўлида янги саҳифа, янги умид ва катта мақсадлар тимсолидир", — дейилади хабарда.


Rating: +4   

Comments

+3   
14 dec 15:39:56
Bahodir
Reply to comment by PFK HAQIQAT
Mashal, Nasaf, shurtan va bunyodkorda akademiya bor. Metallurgniki bilmadim yopildimi yoʻqmi. Keyin ufani akademiyasi bor boshqa zoʻr deydigan akademiya yoʻq. Yaqinda ochilgan akademiyalar bor, hali ish koʻrsatmagan. Neftchi va paxtakorda maktab bor yaxshi. (Odil ahmedovniki esdan chiqibdi )
Yangiyer futbol maktabini tarixiniyam bir oʻrganib qoʻying qancha futbolchilar yetishib chiqqan bu yerdan.
Ilhom Suyunov
Ikrom Aliboyev
Lutfulla Toʻrayev
Rustam Qodirov
Sherzod Fayziyev
Rabim Hasanov
Doston Hamdamov
Sardor Raxmonov
Abbos Maxstaliyev....
Keyingi vaqtda sal eʼtibordan chtda qoldi. Eng tizimli maktab boʻlgan Respulikada
+2   
14 dec 18:11:51
Sirli.
Қайси лигада ўйнайди
+1   
14 dec 21:35:34
Qodirov Nodirbek
Stadioni qaerda Gulistondami
+1   
14 dec 18:37:45
Bahodir
Reply to comment by PFK HAQIQAT
Rahmonov, toʻrayiv Fayziyev mashʼaldan chiqqanku, doston paxtakordan, ikromdan boshqalari oddiy futbolchilarku.
Raxmonov Yangiyerlik Toʻrayev Hovoslik Fayziyev Baxtdan hammasi Yangiyer futbol maktabidan boshlagan
+1   
14 dec 17:26:41
Jamshid Husainov
Erkinjon Turdimov effecti. Baraka topsin shu odam qayerga borsa oʻlgan futbolni tiriltiradila.
+1   
14 dec 15:17:05
Shaxzodbek Yusupov
Sirdaryo akademiyasi va yaxshi infratuzilma bilan sekin koʻtarilsa uzoqqa boradi. Talantlar yetarli darajada bu viloyatda.
   
14 dec 18:33:57
Bahodir
Reply to comment by PFK HAQIQAT
Rahmonov, toʻrayiv Fayziyev mashʼaldan chiqqanku, doston paxtakordan, ikromdan boshqalari oddiy futbolchilarku.
Maʼlumot uchun klubda toʻp tepganlar quyidagilar:
. “Yangiyer” futbol klubida Birodar Abduraimov va Gennadiy Krasniskiy, Igor Shkvirin, Roʻziqul Berdiyev kabi futbolimiz afsonalari va taniqli futbolchilar toʻp surgan.

Bular ham oddiy futbolchilarmi
   
14 dec 18:26:00
Bahodir
Reply to comment by PFK HAQIQAT
Rahmonov, toʻrayiv Fayziyev mashʼaldan chiqqanku, doston paxtakordan, ikromdan boshqalari oddiy futbolchilarku.
Oʻzbekistonning gʻarbiy qismidagi Bekobod shahrida tugʻilgan Hamdamov Toshkentning „Bunyodkor“ klubi yoshlar akademiyasiga 2011-yilda „Yangiyer“ klubidan yoshlari safidan qoʻshilgan
   
14 dec 18:23:25
Bahodir
Reply to comment by PFK HAQIQAT
Rahmonov, toʻrayiv Fayziyev mashʼaldan chiqqanku, doston paxtakordan, ikromdan boshqalari oddiy futbolchilarku.
Mashʼalni bazasi Yangiyerda boʻlgan
   
14 dec 18:21:49
Bahodir
Reply to comment by PFK HAQIQAT
Mani javobimni ham oʻqib qoʻying, sirdaryo akademiyasi hali ish koʻrsatmagan, siz sanayotgan bollarni katta qismi boshqa jamoada oʻsgan, agar oldindan yaxshi boʻlsa abbos boshqa joyga bormasdi. Akademiya 1/2 yilda bola chiqarib tashlamaydi, ancha vaqt kerak.
Yangiyer klub haqida gapirmayapman futbol maktabi haqida gapiryapman birinchi qadam haqida, keyin boshqa klubga ketishi boshqa masala
   
14 dec 17:38:00
PFK HAQIQAT
Reply to comment by Bahodir
Yangiyer futbol maktabini tarixiniyam bir oʻrganib qoʻying qancha futbolchilar yetishib chiqqan bu yerdan. Ilhom Suyunov Ikrom Aliboyev Lutfulla Toʻrayev Rustam Qodirov Sherzod Fayziyev Rabim Hasanov Doston Hamdamov Sardor Raxmonov Abbos Maxstaliyev.... Keyingi vaqtda sal eʼtibordan chtda qoldi. Eng tizimli maktab boʻlgan Respulikada
Mani javobimni ham oʻqib qoʻying, sirdaryo akademiyasi hali ish koʻrsatmagan, siz sanayotgan bollarni katta qismi boshqa jamoada oʻsgan, agar oldindan yaxshi boʻlsa abbos boshqa joyga bormasdi. Akademiya 1/2 yilda bola chiqarib tashlamaydi, ancha vaqt kerak.
   
14 dec 16:17:30
Farhod Uktamovich
Игорь Шквырин ни биламан Янгиердан бошлаган, Спартакиада пайтида Пахтакор дублига уйнаб хар бир учрашувда голлар урарди, асли кайерлик Тошкентликми ёки Сирдарьёликми, Рахмат
   
14 dec 15:30:26
PFK HAQIQAT
Reply to comment by Shaxzodbek Yusupov
Sirdaryo akademiyasi va yaxshi infratuzilma bilan sekin koʻtarilsa uzoqqa boradi. Talantlar yetarli darajada bu viloyatda.
Mashal, Nasaf, shurtan va bunyodkorda akademiya bor. Metallurgniki bilmadim yopildimi yoʻqmi. Keyin ufani akademiyasi bor boshqa zoʻr deydigan akademiya yoʻq. Yaqinda ochilgan akademiyalar bor, hali ish koʻrsatmagan. Neftchi va paxtakorda maktab bor yaxshi. (Odil ahmedovniki esdan chiqibdi )
-1   
14 dec 17:00:36
PFK HAQIQAT
Reply to comment by Bahodir
Yangiyer futbol maktabini tarixiniyam bir oʻrganib qoʻying qancha futbolchilar yetishib chiqqan bu yerdan. Ilhom Suyunov Ikrom Aliboyev Lutfulla Toʻrayev Rustam Qodirov Sherzod Fayziyev Rabim Hasanov Doston Hamdamov Sardor Raxmonov Abbos Maxstaliyev.... Keyingi vaqtda sal eʼtibordan chtda qoldi. Eng tizimli maktab boʻlgan Respulikada
Rahmonov, toʻrayiv Fayziyev mashʼaldan chiqqanku, doston paxtakordan, ikromdan boshqalari oddiy futbolchilarku.
championat.asia
< show latest news
Яндекс.Метрика