Spalletti: "Roma" futbolchilari Tottidan namuna olishlarini istayman"

Aslanov Jasurbek
22 sen 2016, 13:53
"Roma" bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriyaning 5-turida "Krotone" ustidan qozonilgan g'alaba (4:0) haqida fikr bildirdi.

"Biz ajoyib o'yin tufayli g'alabaga erishdik. Hujumda tez qaror chiqardik va ko'plab golli imkoniyatlarga ega bo'ldik. Tottining uchrashuv boshida maydonga tushirdim, chunki "Krotone" katta kuch bilan himoyalanishini bilgandim. Franchesko to'pga bir teginish bilan yo'q joydan imkoniyat yaratishi mumkin. "Roma" futbolchilari Tottidan namuna olishini istayman" - deydi Spaletti.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia