"Olmaliq": Belaruslik futbolchi ko'rikda

Narzulla Saydullayev
17 dek 2016, 15:23
Dastlabki yig'in mashg'ulotlarining ikkinchi kunida yana ikki futbolchi jamoa safini to'ldirdi.

Markaziy himoyachi Vladislav Kosminin Belarusning "Neman" jamoasi a'zosi hisoblanadi. Qadamboy Nurmetov esa o'tgan mavsumlarda jamoa yoshlar tarkibida faoliyat yuritgan.

Futbolchilar kecha ikki mahal mashg'ulot o'tkazishdi. Dastlab "Bunyodkor" futbol akademiyasi maydonida shug'ullanishdi. Kechki payt esa aerobika va trenajer zalida ularga maxsus yuklamalar berildi. "Olmaliq" 20 dekabrgacha xuddi shu tartibda mashg'ulot o'tkazadi. 21 dekabr kuni Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bilan dastlabki nazorat o'yini tashkil etiladi.

Wikipedia ma'lumoti:

Vladislav Kosminin 1990 yil 17 yanvar kuni Belarus mamlakati Vitebsk viloyatining Novopolock shahrida tug'ilgan. 180 sm bo'yga ega himoyachi 2005 yildan professional faoliyatini boshlagan. Bugunga qadar "Naftan", "Polock", "Volna", "Granit", "Vitebsk" va "Neman" klublari sharafini himoya qilgan. Yakunlangan mavsum Belarus chempionatida 11ta o'yinda maydonga tushib 1ta gol urishga erishgan. U 5ta sariq va 1ta qizil kartochka olgan.


Saytimizning Instagram dagi sahifasi - instagram.com/championat.asia

O'xshash yangiliklar

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz