

Ushbu fojeadan so'ng jamoa murabbiyi Kayo Junior ham vafot etgani e'lon qilindi. Bu murabbiy Azizbek Haydarovning sobiq ustozi ekanligini ko'pchilik bilmasa kerak.
Ushbu murabbiy 2016 yil fevral oyida BAAning "Al Shabab" klubi bilan birga Toshkentga kelgan edi. OCHL pley-off uchrashuvi doirasida "Bunyodkor" bu jamoani mag'lub etib guruh bosqichiga chiqqan edi.





