So’nggi yangiliklar

15:57Ўзбекистон Суперкубоги учрашуви вақти эълон қилинди  2 15:30Икки футболчи ёзда "Манчестер Юнайтед"ни тарк этади  1 15:02Эдерсон учун мавсум тугади  1 14:37Украина терма жамоасининг Евро-2024 учун таркиби аниқ  6 14:08"Бавария"нинг 11 нафар футболчиси машғулотни ўтказиб юборди  0 13:43Суперлига. 8-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  10 13:23"Арсенал" янги уй либосини тақдим этди  3 12:59"Барселона" Хавини ишдан бўшатади  11 12:34"Лидс" "Норвич"ни тор-мор этиб, Чемпионшип плей-оффининг финалига чиқди  0 12:13ОФК янги форматдаги мусобақаларни таништирди  12 11:56Ҳаким Фузайлов — "Хоразм" клуби бош мураббийи  9 11:34Рўзимбой Аҳмедов — "Хоразм" ФК бош директори  6 11:19ЎФА тасдиқлади. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Янги Зеландияга қарши ўйнайди  6 10:47Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин  1 10:20«Манчестер Юнайтед» собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади  10

Yurtdoshlarimiz uchun Kievdan xushxabar! Yangiliklar

Yurtdoshlarimiz uchun Kievdan xushxabar!

Ayni damda Ukraina poytaxti Kiev shahridagi "Olimpiyskiy" stadionida kiberfutbol bo'yicha (FIFA17) "Dinamo" Yozgi Kubogi deb nomlagan professional kiberfutbol musobaqasi o'tkazilmoqda.

Kecha ushbu turnirga ikki nafar kiberfutbolchimiz Muhammadamin Turg'unboev va Server Sekka yo'l olgani haqida xabar bergan edik.


Ayni damda ushbu musobaqaning yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda. "Bunyodkor" kiberfutbolchisi Muhammadamin Turg'unboev turnirning final bosqichiga chiqdi (bundan so'ng grandfinal bosqichi mavjud). O'zbekiston sharafini himoya qilish uchun Kievga yo'l olgan ikkinchi kibersportchimiz, "Metallurg" vakili Server Sekka esa mag'lublar to'rida yarim finalga chiqdi. Agar u ushbu to'rda mag'lubiyatga uchramasa, grandfinalda ikki o'zbek o'g'loni kuch sinashishi mumkin.


Muhammadamin Turg'unboev, Alimaksumov Alixon (UVSCF vice-prezidenti) va Server Sekka

Muhammadamin Turg'unboev finalda "Ayaks" kiberfutbolchisi Daniga qarshi bahs o'tkazadi. Server Sekka esa mag'lublar to'rining yarim finalida bizga tanish bo'lgan Moskvaning "Lokomotiv" klubi vakili Robert Faxretdinov (Ufenok) bilan o'ynaydi. Ikki hamyurtimizga navbatdagi bahslarda omad tilaymiz!

Musobaqa bahslari quyidagi TWITCH orqali efirga uzatilmoqda:


Turnir natijalarini ushbu vidjet orqali kuzatib borishingiz mumkin:

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика