So’nggi yangiliklar

21:23Про лига. "Қўқон-1912" ва "Машъал"да ғалаба. "Бухоро" "Арал" билан дуранг ўйнади  0 21:14"Милан" АПЛда фаолият олиб бораётган мураббийни олиб келмоқчи, аммо...  1 20:30U-23 Осиё кубоги. ФИНАЛ. Ўзбекистон — Япония 0:0 (матнли трансляция)  83 20:19Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг чигил ёзди машқларидан ГАЛЕРЕЯ  2 19:54"Боруссия Дортмунд" мавсум охирида Ройс кетишини эълон қилди  4 19:42Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг стадионга етиб келишидан эксклюзив кадрлар!  5 19:20"Реал" "Ривер Плейт" билан Мастантуоно бўйича алоқага чиқди  1 19:07U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 термасининг Японияга қарши таркиби маълум  28 18:56Ўзбекистон ва Япония олимпия терма жамоалари ўзаро ўйинлар тарихи. "Самурай"лар бизни мағлуб эта олишмаган  1 18:40Жассим бин Ҳамад номидаги стадион кийиниш хонасидан эксклюзив суратлар!  1 18:35Про лига. 10 киши қолган "Олимпик MobiUZ" 90+3 ва 90+6-дақиқаларда иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  6 18:24U-23 Осиё кубоги. Финални икки киши шарҳлайди  36 18:17МЮ "Кристал Пэлас" вингери учун курашда етакчилик қилмоқда  0 17:40"Реал" хавбеки Испания чемпионатининг навбатдаги ўйинини ўтказиб юбориши мумкин  1 17:00"Милан" Жирудан кейин яна бир футболчисини текинга қўлдан чиқариши мумкин  1

“Universiada-2016” kundaligi: Co'nggi kun Yangiliklar

“Universiada-2016” kundaligi: Co'nggi kun

Teglar :  Universiada
Farg'ona shahrida uch kun davom etgan “Universiada – 2016” sport musobaqalari kecha o'z nihoyasiga etdi.

“Istiqlol” stadionida 28 may kuni “Universiada – 2016” respublika sport o'yinlarining tantanali yopilish marosimi bo'lib o'tdi. Hayajonli onlari bizga taqdim etgan sport musobaqalariga bag'ishlangan kundalikning so'nggisi bilan tanishing.


Boy berilgan bronza medali

“Universiada-2016” sport o'yinlarining futbol bo'yicha o'tkazilayotgan musobaqasida bronza medal egasi aniqlandi. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Samarqand viloyati terma jamoalari o'rtasida kechgan o'yinda 2:0 hisobi qayd etildi.

Uchrashuvda hisobni Qoraqalpog'istonliklar ochishdi. Gol muallifi Muhammadamin Qutlimurodov bo'ldi. Birinchi bo'lim o'rtalarida Navro'zbek Alimov ikkinchi to'pni raqib darvozasiga kiritdi va hisobni – 2:0ga etkazdi.

Taym oxirida samarqandliklar bitta javob to'pini yo'llashdi. Ubaydullo Nabiev raqibardan ildamroq harakat qilib, hisobni qisqartirdi – 2:1.

Ikkinchi bo'limda har ikki jamoada qulay vaziyatlar vujudga keldi. Ammo ulardan foydanala olishmadi. Navro'z Alimovning goli esa o'yindan tashqari holatda kirtildi deb inobatga olinmadi.

Timur Fayzullaev uchrashuv yakunlanishi arafasida hisobni  tenglashtirdi. Assiy vaqt durang natija bilan yakun topgach, jamoalar darhol penaltilar seriyasini boshlab yuborishdi.

Futbol lotereyasida esa omad  samarqandliklar ga kulib boqdi.  Penaltilar seriyasida 4:3 hisobida g'alaba qozongan  Samarqand viloyat  terma jamoasi musobaqani uchinchi o'rinda yakunladi.

Aytish joizki, qoraqalpog'istonlik futbolchilar 2:0 hisobida oldinda borayotib yakunda alamli mag'lubiyatga uchrashdi va bronza medalni qo'ldan chiqarishdi.

 

Univerisada-2016
Futbol
3-o'rin uchun
Qoraqalpog'iston Respublikasi  – Samarqand viloyati – 2:2. Pen ser-3:4
Bosh hakam:
Zokir Qodirov (Navoiy).

Gollar: Muhammadamin Qutlimurodov, Navro'z Alimov.  – Ubaydullo Nabiev, Timur Fayzullaev.

Qoraqalpog'iston: 1. Aziz Boynazarov, 2. Erbol Seytnazarov, 3. Ulug'bek Quttiboev, 4. Qiyos Mamabetnazarov, 5. Jonibek G'oipov, 6. Po'lat Keypnazarov, 7. Muhammadamin Qutlimurodov, 8. Erlal Nurjanov, 10. Navro'z Alimov, 12. Azamat Bobojonov, 13. Azamat Ilyasov.
Zaxira: 9. Ayzat Mirzamatov, 11. Murod Aymanov, 14. Damir Nizanov, 18. Jonibek Mahmudov.

Samarqand viloyati: 1. SHuhrat Murodov, 3. Anvar Nosirov, 4. Furqat Nomozov, 5. Ubaydullo Nabiev, 7. Akbar Siddiqov, 8. Ikrom Sindarov, 9. Nurbek Safarov, 10. Muhammad Rajabov, 11. Otabek Hamroqulov, 13. Timur Boyqobulov, 14. Timur Fayzullaev.
Zaxira: 16. SHoxrux Salohiddinov, 2. Saddam Boymamatov, 6. Jahongir Abdullaev, 12. Umid Yoqubov.

 

Bosh sovrin Toshkent shahari jamoasida

“Universiada-2016” sport o'yinlarining futbol bo'yicha o'tkazilayotgan musobaqasida bosh sovrin sohibi malum bo'ldi. Final o'yinida mezbonlardan ustun kelgan Toshkent shahri jamoasi oltin medalni qo'lga kiritdi.

Uchrashuv Toshkentlik futbolchilar uchun omadli boshlandi.  Birinchi bo'lim boshida Muhsin Ubaydullaev jarima to'pini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Oradan hech qancha o'tmay, yana o'sha himoyachi belgilangan jarima to'pidan unumli foydalanib, hisobni oshirdi – 0:2. Goldan keyin farg'onaliklar katta kuch bilan oldinga tashlanishdi. Pavel Smolyachenko, Sardor Mirzaevlardan bir necha bor qulay imkoniyat vujudga keldi. Ammo tanaffusga qadar hisobni o'zgartirish hech kimga nasib  etmadi.

Ikkinchi bo'limda maydon egalari raqib darvozasiga katta bosim o'tkazishdi. Lekin barcha urinishlar besamar ketdi va o'yin oxiriga qadar hisob o'zgarmay qoldi.

SHunday qilib, Farg'onada o'tkazilgan “Universiada-2016” sport musobaqalarining futbol turi bo'yicha bo'lib o'tgan bahslarida Toshkent shahri jamoasi oltin medalni qo'lga kiritdi. Kumush medali esa Farg'ona viloyati terma jamoasiga nasib etdi. Samarqandlik talaba futbolchilar esa uylariga bronza medali bilan qaytadigan bo'lishdi.

G'olib va sovrindorlar munosib tarzda taqdirlanishdi.

 

Univerisada-2016
Futbol
Final
Farg'ona viloyati terma jamoasi  –  Toshkent shahri terma jamoasi – 0:2
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov.

Gollar: Muhsin Ubaydullaev 2 ta

Farg'ona viloyati terma jamoasi: Doston Mirzaraimov, Bobur Aminjonov,  Muhamadsulton Fozilov, Dilyor Ermatov, Faxriyor O'rinboev, Iqbol Malikjonov, Pavel Smolyachenko, Nodir Kamolov, Riza Ayvezov, Sardor Mirzaev.

Zaxira: Iqbol Boboxonov, Alisher Nuraliev, Xayrullo Madaminov, Ulug'bek Olimov.

Toshkent shahri terma jamoasi: Akbar To'raev, Azamat Isroilov, Muhsin Ubaydullaev, Abror Husainov, Doniyor Hasanov, Zoxir Pirimov, Sardor Sobirxo'jaev, Sunatillo Mamadaliev, Abbos Maxsitaliev, Jamshid  Hasanov, Alibobo  Rahmatullaev.
Zaxira: Tolib Ochilov, SHoxrux  Musurmonov.


Nominaciya g'oliblari aniqlandi

Futbol musobaqasi yakuniga etgach, turli nominaciya g'oliblari aniqlandi. Xususan, “Eng yaxshi darvozabon” nominaciyasida Samarqand viloyati vakili – SHuhrat Murodov g'olib chiqqan bo'lsa, “Eng yaxshi himoyachi” nomiga Toshkent shahri sharafini himoya qilgan Abror Xusinov sazovor bo'ldi. Farg'ona viloyati terma jamoasi azosi – Nodir Komolov “eng yaxshi yarim himoyachi” deb tan olindi. Qoraqalpog'iston Respublikasi terma jamoasi safida to'p surgan Azamat Ilyasov “eng yaxshi hujumchi” sifatida etirof etildi.

So'z g'olibga

Toshkent terma jamoasi bilan oltin medalni qo'lga kiritgan o'zning munosib hissasini qo'shgan  Muhsin Ubaydullaev final bahsi haqida fikr bildirdi.

“Avvalo yurtboshimizga va musobaqa tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Uchrashuvga to'xtaladigan bo'lsak, bahs teng kurashlar ostida o'tdi. Farg'onaliklar maydonga g'alaba maqsadida chiqqani bilinib turdi.

O'zim Farg'onadanman, ammo bu sport. Barcha g'olib bo'lish uchun harakat qildi. Turnir ajoyib o'tdi. Tashkilotchilik juda yuqori darajada. Ushbu Universiadani kichik Olimpiada desak xato bo'lmaydi” – deydi Muhsin Ubaydullaev.

Yopilish marosimi

Musobaqaning so'nggi kuni bo'lgani uchun barcha sport turlarida final uchrashuvlari o'tkazildi. Hamma hayajon bilan yakuniy natijani kutar edi. Kunning ikkinchi yarmida barcha yana “Istiqlol” stadioni tomon oshiqar edi.

Barcha hayajon bilan g'oliblarni kutayotgan edi. Maydonga birin-ketin Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri terma jamoalari kirib kelishdi.

“Universiada – 2016” sport o'yinlarining eng hayajonli onlari g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Nihoyat, g'oliblar nomi elon qilina boshlandi. Birinchi bo'lib Samarqand viloyati terma jamoasiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg'asi – “Damas” avtomobillari topshirildi.  Samarqandliklar umumjamoa hisobida 172 ochko jamg'arib musobaqada uchinchi o'rinni egallashdi.

“Universiada-2016” sport musobaqalarining ikkinchi o'rin – mezbon Farg'ona viloyati vakillariga nasib etdi. Farg'onaliklarga ham O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg'asi – “Damas” avtomobillari topshirildi.  Viloyatimiz vakillari musobaqada 196 ochko jamg'arishga erishishdi.

Musobaqada eng ko'p medal jamg'arib, birinchi o'rinni egallagan Toshkent shahri jamoasi yuksak mukofot – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Universiada – 2016” sport o'yinlari ishtirokchilariga tabrigining asl nusxasi va Prezident sovg'asi – “Damas” avtomobili bilan taqdirlandi.

Toshkent shahri terma jamoasining to'plagan ochkolari – 237 tani tashkil etdi.

Ettinchi bor o'tkazilgan Universiada barchada iliq taassurot qoldirdi.

SHundan keyin stadion uzra musiqa sadolari yangrab,  “Universiada – 2016” sport musobaqalarining bayrog'i tushirildi. Farg'onalik yoshlar navbatdagi Universiadaga mezbonlik qiladigan Samarqand viloyati sportchilariga topshirishdi.

Stadionda raqsga tushayotgan qizlar "Xayr Farg'ona, Salom  Samarqand" degan yozuvni vujudga keltirishdi.

Demak, 2019 yilgi “Universiada” sport musobaqalari kuhna va navqiron Samarqandda bo'lib o'tadi.

“Universiada – 2016” sport musobaqalarining tantanali yopilish marosimi sportchilarning ko'rgazmali chiqishlari va sanatkorlarning katta koncert dasturi bilan poyoniga etdi.

Abror Dehqonov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика