So’nggi yangiliklar

04:11Улар бу кубокка иккинчи бор жуда яқин келишганди...  3 02:03Лига 1. "Ланс" Абдуқодир Ҳусановсиз ҳам ғалаба қозонди  4 01:51УЕФА Евро-2024 қайдномасини 26 нафар ўйинчигача оширди  0 01:40Жасур Жалолиддинов: "Рақибдан кучлироқ эдик"  7 01:26Умарали Раҳмоналиев: "Бутун Ўзбекистон халқидан минг бор узр сўрайман"  36 01:13БАА. Ҳожимат Эркинов "Ал Ваҳда" сафида ОЧЛ финалчисини мағлуб қилиб, Лига кубогини қўлга киритди!  5 00:35Фоден журналистлар талқинига кўра АПЛнинг ушбу мавсумдаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 00:08Тимур Кападзе Японияга қарши кечган финалдан сўнг нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  60 23:49Ўзбекистон ОТЖ U-23 Осиё кубоги "Fair Play" соврини билан тақдирланди  61 23:31"Ланс" Абдуқодир Ҳусановни тез орада бошланадиган "Лорьян"га қарши ўйин қайдномасига киритмади  18 23:19Япония – Ўзбекистон ўйинида қандай статистика қайд этилди?  29 23:01U-23 Осиё кубоги. Абдувоҳид Неъматов турнирнинг энг яхши дарвозабони деб топилди!  27 22:51Ўзбекистон Олимпия ўйинларининг "С" гуруҳидан жой олди. Испанияга қарши ўйнаймиз  60 22:40Винисиус ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди  8 22:38U-23 Осиё кубоги. Япония чемпион! Олимпиадага чиқиб бўлган Ўзбекистон пенальтидан гол ура олмади  534

Universiada-2016. Futbol: Bronza medali sohibi aniqlandi Yangiliklar

Universiada-2016. Futbol: Bronza medali sohibi aniqlandi

Teglar :  Universiada
“Universiada-2016” sport o'yinlarining futbol bo'yicha o'tkazilayotgan musobaqasida bronza medal egasi aniqlandi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Samarqand viloyati terma jamoalari o'rtasida kechgan o'yinda hisobni Qoraqalpog'istonliklar ochishdi. Gol muallifi Muhammadamin Qutlimurodov bo'ldi. Birinchi bo'lim o'rtalarida Navro'zbek Alimov ikkinchi to'pni raqib darvozasiga kiritdi va hisobni – 2:0ga etkazdi.

Taym oxirida samarqandliklar bitta javob to'pini yo'llashdi. Ubaydullo Nabiev raqibardan ildamroq harakat qilib, hisobni qisqartirdi – 2:1.

Ikkinchi bo'limda har ikki jamoada qulay vaziyatlar vujudga keldi. Ammo ulardan foydanala olishmadi. Navro'z Alimovning goli esa o'yindan tashqari holatda kirtildi deb inobatga olinmadi.

Timur Fayzullaev uchrashuv yakunlanishi arafasida hisobni  tenglashtirdi. Assiy vaqt durang natija bilan yakun topgach, jamoalar darhol penaltilar seriyasini boshlab yuborishdi.

Futbol lotereyasida esa omad  samarqandliklar ga kulib boqdi.  Penaltilar seriyasida 4:3 hisobida g'alaba qozongan  Samarqand viloyat  terma jamoasi musobaqani uchinchi o'rinda yakunladi.


Univerisada-2016 

Futbol 

3-o'rin uchun 

Qoraqalpog'iston Respublikasi  – Samarqand viloyati – 2:2. Pen ser-3:4

Bosh hakam: Zokir Qodirov (Navoiy).

Gollar: Muhammadamin Qutlimurodov, Navro'z Alimov.  - Ubaydullo Nabiev, Timur Fayzullaev. 

Qoraqalpog'iston: 1. Aziz Boynazarov, 2. Erbol Seytnazarov, 3. Ulug'bek Quttiboev, 4. Qiyos Mamabetnazarov, 5. Jonibek G'oipov, 6. Po'lat Keypnazarov, 7. Muhammadamin Qutlimurodov, 8. Erlal Nurjanov, 10. Navro'z Alimov, 12. Azamat Bobojonov, 13. Azamat Ilyasov.

Zaxira: 9. Ayzat Mirzamatov, 11. Murod Aymanov, 14. Damir Nizanov, 18. Jonibek Mahmudov. 

Samarqand viloyati: 1. SHuhrat Murodov, 3. Anvar Nosirov, 4. Furqat Nomozov, 5. Ubaydullo Nabiev, 7. Akbar Siddiqov, 8. Ikrom Sindarov, 9. Nurbek Safarov, 10. Muhammad Rajabov, 11. Otabek Hamroqulov, 13. Timur Boyqobulov, 14. Timur Fayzullaev.

Zaxira: 16. SHoxrux Salohiddinov, 2. Saddam Boymamatov, 6. Jahongir Abdullaev, 12. Umid Yoqubov. 


Abror Dehqonov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика