So’nggi yangiliklar

12:10Самарқанддаги футзал бўйича ФИФА Жаҳон чемпионати қуръа ташлаш маросимига испаниялик афсонавий футзалчи ва МЮ собиқ ҳужумчиси келади  0 12:00Улуғбек Асанбаев — "Зомин" вице-президенти  4 11:49Акбар Усмонов: "Бу даражага етиб келишимизда ота-оналаримизнинг ўрни беқиёс"  0 11:24"Атлетико" таркибни тубдан янгилайди  1 11:03Туркия кубоги финал. "Бешиктош" - "Трабзонспор" 3:2   0 10:49Ўзбекистонда футзал мавсуми якунланди. Тақдирлаш маросимини тўлиқ томоша қилинг   0 10:40"Андижон" сафар ўйинларидаги ёқимли анънасини давом эттирадими?  7 10:05Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда қатнашади. Рақиблар маълум  3 09:40Мбаппе бўлажак жамоаси ҳақида: "Мен билмайман. Онамдан сўранг"  8 09:10"Футбол олами". Марказий ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, "Бунёдкор"да биринчи ғалаба ва 8-тур ҳақида  0 08:40ФАКТ. "Металлург" ўз майдонида "Навбаҳор"ни 5 йилдан бери юта олмаяпти   8 08:20Ҳамидулло Абдуҳамидов: "Ўйлайманки, барчаси ортда қолди. "Дўстлик" сафдан чиққани йўқ"  2 07:50Суперлига. Бугун 9-тур бошланади. "Навбаҳор" Олмалиқда, "Андижон" Тошкентда меҳмон  7 07:21Про лига. Бугун Тошкентда турнинг марказий тўқнашувида ким ғолиб чиқади?  10 02:40Чехия кубоги финалидан кейин мухлислар можаро келтириб чиқарди  0

"Jarohat bilan bog'liq xarajatlarni "Nasaf" qopladi" - Yashil maydonga qaytgan SHerzod Nasrullaev bilan intervyu Yangiliklar

"Jarohat bilan bog'liq xarajatlarni "Nasaf" qopladi" - Yashil maydonga qaytgan SHerzod Nasrullaev bilan intervyu

Xabaringiz bor, Qarshining "Nasaf" jamoasi futbolchisi SHerzod Nasrullaev Superliganing 4-turida Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi bahsda og'ir jarohat olib maydonni tark etgan edi.


SHerzod Nasrullaev 3 oy deganda safga qaytdi


Amalda bu jarohat jiddiy bo'lib chiqdi va Nasrullaev deyarli 3 oyga yaqin vaqt davomida o'yinlarda ishtirok etgani yo'q. Kuni kecha 12-turda Yaypanda "Neftchi" bilan uchrashuvning 72-daqiqasida u yashil maydonga qaytdi. Xo'sh, tiklanish jarayonlari qanday kechdi? Buning uchun kimlarga minnatdorchilik bildirdi? Bu boradagi savollarga quyidagi intervyuda javob olishingiz mumkin. 

- Og'ir jarohat va tanaffusdan so'ng maydonga tushish qanday taassurotlar va hissiyotlarni berdi?

- O'ynab turgan futbolchiga birdaniga o'tirib qolish qiyin ekan. Maydonga qaytganimdan xursandman. Bu kunni intizorlik bilan kutdim. 

- Jamoadoshlaringiz o'rningizni qanchalik bilintirishmadi

- O'rnimda harakat qilgan Alibek Davronov va SHarof Muhiddinov yaxshi harakat qilishdi. OCHLda barcha bir oila bo'lib to'p tepdi. 

- Bu "Nasaf"da ichki muhit va jamoaviy ruh borligiga yana isbotmi?

- Albatta. "Nasaf"da doim jamoaviy ruh shakllanib kelgan. Ko'rgan bo'lsangiz xalqaro maydonda jamoadoshlarim raqiblaridan yaqqol kuchli o'yin ko'rsatishdi. 

- Tiklanish jarayoni qanday kechdi? Bu borada klub qanday amaliy yordam ko'rsatdi? 

- 2 aprel kuni "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda jarohat orttirib oldim. O'sha uchrashuv shanba kuniga to'g'ri kelgandi. Elkam singani bois dastlab jamoamiz shifokori Maruf Berdiev bilan shahar kasalxonasiga bordik. Qo'lim gips qilindi. Oradan 2 kun o'tib 4 aprel sanasida Toshkentdagi "SHoh med" klinikasida jarrohlik amaliyotini o'tkazdik. 

- Xarajatlar kim tomonidan qoplandi? Bilamiz, "Nasaf" bunday holatlarga jiddiy qaraydi...

- Xarajatlarni "Nasaf" jamoasi ko'tardi, deb ayta olaman. 4 kundan so'ng uyga javob berishdi. Ota-onam, do'stim SHohruh Nematov doim yonimda. Ular dori-darmonlarni vaqtida berib borishdi. Ikki oydan so'ng yugurishni boshladim. Lekin shunda ham bo'g'imlarimda og'riqlar bezovta qilib turdi. Boz ustiga ortiqcha vazni ham olganman. Ochig'i hozir ham to'liq sport formasida emasman. "Nasaf" jamoasi jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Ilnur Sibagatulin bilan har mashg'ulotdan so'ng tiklanish mashqlarini qilyapmiz. Menga yordam berayotgan barchaga minnatdorchiligimni bildirib qolaman. 

- "Nasaf" Yaypanda "Neftchi" bilan durang o'ynadi. Gapning ochig'i farg'onaliklar ayni paytda turnir jadvalining pastki o'rinlarida ketmoqda. Tanaffusdan so'ng raqib o'yinini kuchaytirganmi yoki shu kuni "Nasaf" o'z darajasida o'ynay olmadi?

- "Neftchi" bilan o'yinga qisqa vaqtda to'liq tarkib bilan tayyorgarlik ko'rdik. Bu baribir o'z tasirini o'tkazadi. Hamma turli holatda bo'lishi mumkin. To'g'ri aytdingiz, "Neftchi"ga qarshi muxlislar kutgan va o'zimiz istagan o'yinni ko'rsata olmadik. O'yindan oldin natijalar, turnir jadvaliga qaraganimiz yo'q. CHunki bu boshqa o'yin. "Neftchi" oxirgi uchrashuvda "Metallurg"ni 3:0 hisobida mag'lub etgan. Ularda kayfiyat ko'tarinki bo'lishi tabiiy edi. 

- Oldinda azaliy va principial raqib AGMK bilan o'yin kutmoqda... 

- Har bir o'yinda maksimal kuchimizni ishga solamiz. AGMK qarshi bellashuvda jamoamga ishonaman. Qo'limizdan kelgancha g'alaba uchun harakat qilamiz. Boshqacha bo'lishi mumkin emas.

- O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogiga saralash bahslaridagi o'yinlari qanday taassurot qoldirdi? Srechko Katanec kelganiga bir yil bo'lyapti. U terma jamoamizga nimadir bera olyaptimi?

- Namanganda uchta raqibga qarshi jamoamiz yaxshi o'yin va kerakli natija ko'rsata oldi. Katanec har bir mashg'ulotda o'zining ko'rsatmalarini tushuntirishga harakat qilmoqda. U himoyada oddiy o'ynashni, oldingi chiziqda yani raqib tomonida to'pni nazorat qilishni aytadi. 

- Suhbat uchun tashakkur.


Yanada qiziqarli intervyular va faktlar muallifning shaxsiy telegram kanalida: Intervyular olami

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика