So’nggi yangiliklar

15:42АПЛ янги мавсумида "VAR" бошқачароқ ишлайди  1 15:18"Челси" ўзига эҳтимолий мураббий топиб қўйди   1 14:50"Кристал Пэлас" "Бетис" футболчисига қизиқмоқда  1 14:19"Барселона" ёш иқтидорли ҳимоячиси билан янги шартнома имзолайди  1 13:50Лаутаро Мартинес келажагини "Интер"да кўрмоқда  1 13:32Постекоглу "Тоттенхэм" камида уч нафар янги футболчи сотиб олишини истамоқда  2 13:17Бу қизиқ. "Сити" дарвозабони беш йилда иккита ўйинда майдонга тушди, лекин клуб уни қўйиб юбормайди  6 12:49Тошкентда ўтказилган "Воҳа дербиси"да "Насаф"нинг қўли баланд келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 12:36Ўзбекистон футзалининг энг яхшиларини тақдирлаш маросимига таклиф этамиз  1 12:24Баркли "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  1 11:59"Манчестер Юнайтед" Санчони 50 миллионга сотмоқчи  3 11:34"Байер" билан чемпион бўлган ҳимоячи "Бавария"га қайтади  3 10:39Аббосбек Файзуллаев жорий мавсум ушбу натижага эришган энг ёш футболчига айланди  17 10:02Яна бир «юлдуз» Саудия Арабистонидан кетмоқчи  4 09:31Муҳаммад Салоҳ «Ливерпуль»ни тарк этган Клоппга мурожаат қилди  4

Artyom Filiposyan: "Tailandga hech kim gol ura olmagan bo'lsa, O'zbekiston bu ishni uddasidan chiqadi" Yangiliklar

Artyom Filiposyan: "Tailandga hech kim gol ura olmagan bo'lsa, O'zbekiston bu ishni uddasidan chiqadi"

O'zbekiston terma jamoasiga Osiyo Kubogining nimchorak finalida Tailand raqiblik qiladi.

Ushbu mamlakat futboli, klublari, terma jamoasi begona hisoblanmaydi. Bir necha yillar avval OCHL uchrashuvlarida klublarimiz Tailand jamoalari bilan to'qnash kelgan. O'zbekistonlik futbolchilar Tailand klublarida to'p tepgan. SHunday o'yinchilardan biri Artyom Filiposyan. Tajribali himoyachi "Prachuab", "Muangkan Yunayted" klublari sharafini himoya qilgan. "Prachuab" bilan mamlakat kubogini qo'lga kiritgan. Bo'lajak o'yin oldidan uning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Tailandning guruh bosqichidagi o'yinlaridan kelib chiqib bu jamoa boshdan baland sakradimi?

- Tailand chempionati yildan-yilga o'sishga erishmoqda. Bu narsa o'z-o'zidan terma jamoada ham aks etmoqda. Qolaversa, yaponiyalik murabbiy Masatada Ishining ishi ham yaxshi taassurot qoldirmoqda. 

- Tailand qanday raqibga qarshi maydonga chiqishini biladi va himoyadan o'yin tashkil qiladi. Futbolchilar orqada zich harakat qilishadi. Guruhda ular o'z darvozasidan gol o'tkazgani yo'q. Bu narsa oldinda vaziyatlar yaratishda to'siq bo'lmaydimi?

- Yuqorida aytganimdek, Tailand murabbiyi himoyani ancha yaxshi shakllantiribdi. Ularning o'yinlarini ko'rdim. Hech kim gol urmagan bo'lsa, O'zbekiston buni ortig'i bilan uddalashiga ishonaman. Yakunda biz g'alaba qozonamiz. Terma jamoamizga omad va yurtimizga yorug' yuz bilan qaytishlarini tilab qolaman. 

- O'zbekiston bilan o'yin oldidan Tailand terma jamoasi futbolchilari nimaning evaziga o'sishga erishyapti?

- Mahalliy futbolchilar chempionatga kelayotgan legionerlardan ko'p narsa o'rganmoqda. Misol uchun, Tailand futbolchilari va terma jamoasi oldin kuchli bo'lmagan. Hozirga kelib ular yaxshi darajaga chiqishdi. 

- Guruh bosqichidagi 3ta o'yinda raqiblar darvozamiz tomon 4tagina aniq zarba yo'llashdi va 1ta gol (u ham penaltidan) urishdi. Himoya chizig'imiz tartibga kelib qoldimi? 

- Bunga sabab futbol o'zgarayotgani. O'zbekiston terma jamoasining ayni vaqtdagi himoya chizig'i shaxsan menda ijobiy taassurot qoldiryapti. Yaxshi himoyachilar jamlangan. SHu ruhda davom etishimiz kerak. 

- Artyom Filiposyan faoliyatini qaerda davom ettiradi?

- Yangi mavsumni "Buxoro"da boshlayman. Klub bilan bir yillik shartnoma tuzdim. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика