So’nggi yangiliklar

02:44Чемпионлар Лигаси финал. "Боруссия Д" - "Реал Мадрид" 0:2  1 02:23"Реал" қачон "Аталанта"га қарши Европа Суперкубоги учун курашади?  9 02:09"Реал Мадрид" 15-бор Чемпионлар Лигасида зафар қучди — бу мутлақ рекорд!  27 01:59"Реал Мадрид" — Чемпионлар Лигаси ғолиби!  180 00:54ПСЖ Хвича учун 120 млн евро таклиф қилишга тайёр  0 00:18Турсунов ва "Истиқлол" ўз мақсадига эришди  1 23:50Илёс Зейтуллаев: "Ҳозирги ҳолатимизни тўғри баҳолашимиз керак. "Бунёдкор"нинг жорий мавсумдаги асосий мақсади лигада жон сақлаб қолиш"  7 23:48Перес "Барса" билан 2010 йилда бўлгани каби "Олтин тўп" учун овоз беришда "Реал"нинг уч ўйинчиси подиумга кўтарилишини хоҳлайди  6 23:14Виталий Левченко: "Ҳужумчиларимиз кўп гол уришни бошлаб юборишди. Кубокдаги рақибимиз анча жиддий"  14 23:13"Боруссия" — "Реал". Таркиблар маълум  9 22:45"Персеполис" — Эрон чемпиони! Жамоа сўнгги ўйиннинг 85-дақиқасида гол уриб мусобақа ғолибига айланди  5 22:24"Нефтчи" жорий мавсум бу кўрсаткични илк бор қайд этди  4 22:05Эшитдик-да! "Ланс"нинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  2 21:33Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Бунёдкор" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади  45 20:45Флик Феликснинг "Барселона"даги келажагини ҳал қилди  3

"Neftchi" 2011 yildan buyon Namanganda g'alaba qozona olmayapti, "Surxon" "Nasaf"ni faqat bir marta mag'lub etgan - Superliga 8-tur prevyusi Yangiliklar

"Neftchi" 2011 yildan buyon Namanganda g'alaba qozona olmayapti, "Surxon" "Nasaf"ni faqat bir marta mag'lub etgan - Superliga 8-tur prevyusi

Bugun O'zbekiston Superligasida 8-tur o'yinlari start oladi. Tur prevyusi bilan tanishing.


"Qizilqum" – "Olimpik"
18 may. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 19:00
Bosh hakam
: To'rabek Suyunov
Qanot hakamlari: SHohruh Azamov, Islom Nosirov
Zaxira hakami: Nayim Qosimov
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Zilola Rahmatova
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
Komissar: Qudrat Madraimov

"Qizilqum" - "Olimpik" hozirga qadar 4 marta o'zaro to'qnash kelishgan. Ikki marta Navoiy klubi g'olib bo'lgan, bir marta olimpiyachilar zafar quchishgan va yana bitta o'yinda durang qayd etilgan. O'tgan mavsum "Qizilqum" bu jamoa darvozasiga gol ura olmagan.



"Andijon" – "Metallurg"
18 may. Andijon. "Bobur Arena". 19:00
Bosh hakam:
Sultonmurod Abdurahmonov
Qanot hakamlari: Aleksandr Burov, Akmal G'iyosov
Zaxira hakami: Doston Mirzaraimov
VAR: Rustam Lutfullin
AVAR: Islom Azimov
Nazoratchi: Jahongir Saidov
Komissar: Oybek Yunusov


"Andijon" - "Metallurg" bugungacha O'zbekiston chempionati doirasida 42 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 18 marta bekobodliklar, 13 marta andijonliklar 3 ochko egasiga aylanishgan. Qolgan 11 ta o'yinda tomonlar durang qayd etishgan. Oxirgi 6 to'qnashuvning faqat bittasida "burgutlar" g'olib bo'lishgan. Yagona g'alaba o'tgan yil Andijonda qo'lga kiritilgan - 5:0.




OKMK – "So'g'diyona"
19 may. Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 19:00
Bosh hakam
: G'ayrat Jo'raev
Qanot hakamlari: Artyom Kalinin, Elnur Doniyorov
Zaxira hakami: Sanjar Nazarov
VAR: Rahimbek Karimov
AVAR: Husan Xudoyberdiev
Nazoratchi: Timur Galeev
Komissar: Davron Ibrohimov

OKMK hamda "So'g'diyona" O'zbekiston chempionatida bugungacha 30 bor to'qnash kelishgan. 12 uchrashuvda olmaliqliklar g'olib bo'lishgan, 10 ta bahsda jizzaxliklar g'alabani tantana qilishgan bo'lsa, qolgan 8 o'yinda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. OKMK oxirgi 4 ta o'zaro o'yinning barchasida bu jamoani mag'lub etgan.



"Navbahor" – "Neftchi"
19 may. Namangan. "Markaziy" stadioni. 19:00
Bosh hakam
: Aziz Asimov
Qanot hakamlari: Avaz Abdullaev, Oybek Kalaxo'jaev
Zaxira hakami: Farruh Yansupov
VAR: Rustam Lutfullin
AVAR: Ziyodullo Abdurahmonov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: SHohruh Said

"Navbahor" va "Neftchi" bugunga qadar 58 marta to'qnash kelishgan. 26 o'yinda farg'onaliklar, 14 ta bahsda namanganliklar 3 ochko egasiga aylanishgan. Qolgan 1o'yinda g'olib aniqlanmagan. "Neftchi" Namangandan so'nggi bor 2011 yilda g'alaba bilan qaytgan. Bu jamoalar o'rtasidagi Namanganda o'tgan oxirgi 4 ta o'yinning barchasi durang bilan tugagan.



"Dinamo" – "Paxtakor"
20 may. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 19:00
Bosh hakam:
Akmal Rahimov
Qanot hakamlari: Husniddin SHodmonov, SHavkat Rahmatov
Zaxira hakami: Zokir Sapoev
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Andrey Capenko
Nazoratchi: Zokir Qodirov
Komissar: SHerzod Rajabov

"Dinamo" hamda "Paxtakor" O'zbekiston chempionati doirasida 50 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 39 bahsda toshkentliklar, 6 ta o'yinda samarqandliklar g'olib bo'lishgan. Qolgan 5 uchrashuvda tomonlar murosaga kelishgan. "Dinamo" chempionat doirasida so'nggi bor o'z maydonida 2010 yilgi mavsumda bu raqibni mag'lub etgan. "Paxtakor" oxirgi 4 ta o'yinning barchasida bu jamoani mag'lub etgan (chempionat doirasida).



"Surxon" – "Nasaf"
20 may. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:00
Bosh hakam
: Ilgiz Tantashev
Qanot hakamlari: SHohnur Yuldashev, Alisher Rahimqulov
Zaxira hakami: Sardor Mirodilov
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Anvar Marajabov
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin
Komissar: Vladimir Nazarov

"Surxon" va "Nasaf" klublari hozirga qadar 26 marta to'qnash kelishgan. 21 ta o'yinda qarshiliklar zafar quchishgan, 4 bahsda durang qayd etilgan. Termiz klubi chempionat doirasida faqat bir marta bu raqibdan ustun kelgan (1999 yil). "Ajdarlar" so'nggi 4 uchrashuvning barchasida bu jamoani mag'lub etishgan.



"Bunyodkor" – "Lokomotiv"
21 may. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Bosh hakam
: SHavkat Nasibullaev
Qanot hakamlari: Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov
Zaxira hakami: Mamurjon Ilhomov
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Alisher Usmonov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Bekzod Aripov

"Bunyodkor" hamda "Lokomotiv" O'zbekiston chempionati doirasida bugungacha 32 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 12 uchrashuvda "qaldirg'ochlar", 11 ta bahsda "temiryo'lchilar" g'olib bo'lishgan. Qolgan 9 o'yinda durang qayd etilgan. "Lokomotiv" bu jamoa maydonidan so'nggi bor 2018 yilgi mavsumda g'alaba bilan qaytgan.



Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
18 may 15:12:11
Абдугаффор . N
Атоян Дурмонов Бозоровлвр кани яна шунака афсоналар чикармикин Нефтчидан. Нефтчи барибир хозирам кучли! Омад ёр булсин! Факат галаба! Нефтчи олга!!!
+1   
18 may 11:52:24
Umirqulov
To'g'risi samarqandlik bulsamda nasafga muhlislik qilaridim shu yil nasafham havsalamni pir qildi. O'zb da pichoqqa ilinadigan jamoa qolmadi afsus. Vodiy jamoalari harakat qilyapdi ln baribir daraja past ularda hali
+1   
18 may 11:49:55
Black Dragons
Hozircha hurmati bor Nasaf futbolchilari biz muxlislarga faqat g'alaba kerak , bir xil taktikadan vos kechib kambinatsion futbol ko'rsatiylar , kechagi Bunik bilan o'yindagi kabi lanj o'ynamaylar , muxlislar endi "Pazzor " iborasidan yana foydalanmasin . Darvoqiy Fan klubdagi Uktam Uzoqov boshchiligidagi "sayohatchi chollar " tezroq Fan klubni shijoatli yoshlarga boʻshatib beriylar , jonga tegdiylar bir ishni eplolmay. Tug'risi bunaqa Fan klub borligidan boshqa klub fan klublarini oldida uyatga qoldik. AUT Jonson, AUT Uktam Uzoqov ni chollari.
   
18 may 20:29:25
Уктам
Бозоров ва Дурмонов Сурхондан чиккан.
   
18 may 18:56:57
Liverpul Navbahor
Navbahorga omad
   
18 may 18:56:56
Liverpul Navbahor
Navbahorga omad
   
18 may 11:48:12
Black Dragons
Hozircha hurmati bor Nasaf futbolchilari biz muxlislarga faqat g'alaba kerak , bir xil taktikadan vos kechib kambinatsion futbol ko'rsatiylar , kechagi Bunik bilan o'yindagi kabi lanj o'ynamaylar , muxlislar endi "Pazzor " iborasidan yana foydalanmadim. Darvoqiy Fan klubdagi Uktam Uzoqov boshchiligidagi "sayohatchi chollar " tezroq Fan klubni shijoatli yoshlarga boʻshatib beriylar , jonga tegdiylar bir ishni eplolmay. Tug'risi bunaqa Fan klub borligidan boshqa klub fan klublarini oldida uyatga qoldik. AUT Jonson, AUT Uktam Uzoqov ni chollari.
   
18 may 11:22:00
Murodjon Naimov
DINAMOGA OMAD YUQORILASHDA DAVOM ETAMIZ KOJO DA GOLLAR KUTIB QOLAMIZ OLG‘A SAMARQAND OLG‘A DINAMO
   
18 may 11:16:21
Жамшид Абдусамадов
Олимпик кизилкумни хакамларсиз ютади.
   
18 may 10:52:22
FANAT FC NASAF_REAL.M
Surxon Nasaf òyiniga stadiondan turib qòllab quvvatlemiz olga Ajdarlar!!!
championat.asia
Яндекс.Метрика