So’nggi yangiliklar

01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  55 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  1 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  0 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  9 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  8 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  20 00:40U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  4 00:25Хосе Венансио Лопес Эронга қарши учрашувдан кейин қандай фикрлар билдирди?  7 23:46"Персеполис" Ўрунов гол урган ўйинда пенальтилар сериясида мағлубиятга учраб, Эрон кубогини тарк этди  4 23:20Саудия чемпионати. "Ал Ҳилол" - "Ал Фатех" 3:1   1 23:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 23:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  0 22:58Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистони устидан қозонилган ғалабадан сўнг (2:0) нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  42 22:11Ўзбекистон футзал термаси Осиё кубоги бронза медали учун Тожикистонга қарши ўйнайди (турнир сеткаси)  6 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  95

ECHL. Yarim final. Birinchi o'yinda "Yuventus" "Real"ni mag'lub etdi Yangiliklar

ECHL. Yarim final. Birinchi o'yinda "Yuventus" "Real"ni mag'lub etdi

Evropa chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi "Yuventus" - "Real" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.

"Yuventus" - "Real" 2:1
Gollar: Morata 9, - 1:0. Ronaldu 27, - 1:1 (Xames). Tevez 57 penalti, - 2:1.
"Yuventus": Buffon, Lixtshtayner, Bonuchchi, Kellini, Evra, Markizio, Pirlo, Sturaro (Barcali, 65), Vidal, Tevez (Pereyra, 86), Morata (Lorente, 78).
"Real": Kasilyas, Karvaxal, Varan, Pepe, Marselo Ramos, Kroos, Isko (CHicharito, 64), Xames, Ronaldu, Beyl (Xese, 86)
Ogohlantirishlar: Bonuchchi (5), Teves (46), Vidal (56), Marselo (57), Karvaxal (75), Xames (85), Kellini (90).


                                      MATNLI TRANSLYACIYA
                                                 YANGILASH

O'YIN TUGADI. Turidagi birinchi qismda "Yuventus" 2:1 hisobida zafar quchdi.

90+3.
"Real" so'nggi daqiqalarda standartlar yordamida gol urmoqchi. Yo'q Buffon to'pni ushlab oldi.

90+2. Ogohlantirish. "Yuventus". Kellini. Ronalduni atayin yiqitgani uchun 

90+1. Vidal jarima to'pi ishladi. CHak Norris yo'g'ey Pirlo to'p yonida. Uning oshirgan to'pini Lorente boshi bilan darvozaga yo'lladi, Iker yashavor! 

90. O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi

89. Uchrashuv tugab bormoqda. Ikkala jamoaga chiroyli o'yin uchun rahmat aytamiz. Hisob qanday bo'lishidan qatiy nazar bugun yaxshi o'yin tomosha qildik. Barchasi Madriddagi javob o'yinida hal bo'ladi.

88. Xese maydonga tushasolib keskinlikni oshirmoqchi bo'ldi. Kellini himoyada aniq o'ynadi

87. XAVFLI VAZIYAT! Lorente jarima maydoniga kirib borib Kasilyasni ortda qoldirdi, biroq zarba bera olmadi. Varanning xatosi edi.

86. O'zgarish. "Real". Beyl o'rniga Xese tushdi

86. O'zgarish. "Yuventus". Tevez o'rniga Pereyra tushdi

85. Hozircha o'yindagi so'ggi gol ...



84. CHicharito raqib jarima maydoni ichida yiqildi, hakam "bo'ldida endi penalti beraveramanmi" dedi shekilli...

82. Serxio Ramos to'pni qaontdagi sherigiga uzatmoqchi bo'ldi, shunchaki uzatmoqchi bo'ldi...noaniq

79. Ikki jamoa ham hozirgi natijadan qoniqayotgani yo'q. SHu bois hujum ham, himoya ham unutilmayapti

78. O'zgarish. "Yuventus". Morata o'rniga Lorente tushdi

76. Ogohlantirish. "Real". Boya penaltiga sabab bo'lgan Karvaxal endi ogohlantirildi

74. ZARBAA! Kroosning kuchli zarbasi darvoza yuqorisidan o'tdi ketdi

72. CHicharito to'pni Ronalduga noaniq tarzda oshirdi, Krishtianu to'p uchun kurashda Kellini yiqitdi. Har holda hakamlar shunday deb topishdi

70. Yuve futbolchilari tap tortmay raqib jarima maydoniga kirib borishmoqda. To'p yo'qotilsa darhol orqasiga qaramay himoyaga qaytishmoqda

68. O'yin davom etadi. Kellinining boshi bog'landi, endi u maydonda eng ajralib turadigan futbolchi bo'ladi.

66. OPPA! Kellinining boshi yorildi, qon to'xtamayapti...Bunga Suaresning hech qanday aloqasi yo'q. SHunchaki bugungi o'yinda raqib bilan to'qnashib ketdi

65. O'zgarish. "Yuventus". Sturaro o'rniga Barcali tushdi

65. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAT! Ronaldu jamoadoshlari boshlagan hujumni gol bilan tugatishiga bir necha santimetr etmadi...

64. O'zgarish. "Real". Isko o'rniga CHicharito tushdi

63. Bu safar goldan so'ng Madrid emas Turin klubi ko'proq hujum qilmoqda...qiziq

60. Patris Evra chap qanotdan oldinga o'tdi va burchak to'pi ishladi. Pirloning zargarona pasiga hech kim "labbay" degani yo'q

58. Endi Real yanada hujumkor o'ynaydi. Demakki yanada qiziqarli o'yin kutamiz

57. O'zi ishlagan penaltidan unumli foydalangan Tevez stadionni lerzaga keltirdi!



57. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL! 2:1. KARLOSSSSSS TTTEEEEEVVVVVVVVVVEEEEZ!

56. Ogohlantirishlar. Vidal, Marselo

55. PENALTY! Ha penalti bugun belgilanar ekan. Tevezni Karvaxal yiqitdi!

54. Xames oldinga borishga intildi, uni Sturaro keskin qarshi oldi. Turin klubi qo'pol o'ynamoqda

51. Bonuchchi "nagliy" Ronalduni chaldi. Unda sariq bor, hakam Angliyadan ekanligi uchun indamadi shekilli.

50. O'yin ancha sokinlashdi. To'p bir jamoadan ikkinchisiga o'tib bormoqda, hujumlar kamroq

48. ZARBA! Vidalning zarbasi Kasilyasga qiyinchilik tug'dirmadi

46. Ogohlantirish. "Yuventus". Karlos Tevez

46. Tevez bugun yarim himoyada o'ynayotgan Serxio Ramosning oyog'iga yaxshilab zarba berdi. Hakam ham unga yaxshilab sariq kartochkani ko'rsatdi

46. Uxlab qolmadinglarmi? Unda davom etamiz. Yana 45 daqiqa davomida qiziqarli bahs bo'ladi.



45+1. Bo'ldi tugadi, hozircha faqat daslabki bo'lim. Hozircha bitta narsa malum, bugungi bahsda hali hech narsa malum emas!

45. Birinchi bo'lim 46 daqiqa davom etadigan bo'ldi

43.  Morata raqib jarima maydoni ichida yiqildi. Yo'q bugun Penalty yo'q, hozircha

41. DARVOZA TO'SINI! IKKI MARTA!!! Real gol urishi mukin edi. Iskoning chapdan oshirgan to'pini Xames boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'singa tegib qaytdi. Marselo yana zarba berdi, bu safar ham to'sin Turin klubini goldan qutqardi!

38. Ronalduning jahli chidi, raqib undan to'pni qo'pollik bilan olib qo'yganini hakamga tushuntirmoqchi bo'ldi. Atkinson tushunmadi

37. Yuve hujumda, Markizio raqib jarima maydoni ichida Marseloga qarshi qo'pol o'ynadi, hushtak chalindi, o'yin to'xtadi. Ikki futbolchi esa bir biri bilan do'stona quchoqlashib qo'yishdi. Bu haqiqiy hurmat!

34. Maydon markazida Tevezni Isko yiqitdi. Ketidan hakamga ham etiroz bildirdi.

33. ZARBA! Markizioning 25 metrlardan yo'llagan zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi. Kasilyas o'z himoyachilariga tanbeh bermoqda, urishmoqda, to'g'ri qilmoqda

31.
Goldan so'ng Madrid klubi ustunlikni o'z qo'liga oldi. Qora kiyimdagi jamoaning hujumlari xavfli chiqmoqda. "Yuve" o'zining ananaviy oq qora yo'l yo'l formasida o'ynamoqda.

29. Ronaldu ECHLdagi o'z gollari sonini 76taga etkazib oldi. U bu borada yakka peshqadam, tanho!

28. O'yin yanada qiziqarli kechadi. Demak davom etamiz. Yana gollar kerak bizga uraveringlar, uraveringla puli to'langan

27. Xames Rodriges o'ng qanotdan to'pni markazga havolatib uzatdi, darvoza qarshisida turgan Ronaldu osongina boshi bilan hisobni tenglashtirdi - 1:1.



27. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:1! KRISHTIANU RONALDUUU!

25. ZARBA! Lixtshtayner zarba berdi, noaniq.  O'yin umuman zerikarli kechmayapti. Hujumlar juda ko'p

23. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAT! RONALDUUUU! Jarima maydoni ichiga kirib borib chap oyoqda zarba berdi, biroz noaniq!

21. Marselo chap qanotdan yana jarima maydoniga to'pni uzatdi, Buffon yana o'z o'rnida

20. ZARBA! Havolatib oshirilgan to'pni Varan boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq

20. Karlo otaga hozirgi o'yin yoqmayapti...



18. XAVFLI VAZIYAT! Yarim finalning eng kuchsiz jamoasi "Yuve"? Kelib o'yinni ko'ringlar. Turin klubi hozir ikkinchi bor "Real" darvozasiga gol urishi mumkin edi. Tevezning zarbas noaniq chiqdi.

17. Vidal Varanni erga qulatdi. Hakamlar shunday qarorga kelishdi.

15. Iskoning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi Buffon uchun hech nima emas, deydi rus sharhlovchisi...

14. Hozircha mezbonlar ustunlik qilishmoqda. Hisobda ham o'yinda ham...

11. ZARBAAA! Kroosning kuchli zarbasini Buffon qaytardi

9. Karlitos Tevez jarima maydoni ichidan to'pni darvozaga yo'lladi, Kasilyas to'pni qaytardi, ammo qaytgan joyda Alvaro Morata turgandi - 1:0. Futbolchi o'z sobiq jamoasiga bo'lgan hurmat tufayli golni nishonlagani yo'q. Respekt!



9. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:0 MORATA!!!!

6. ZARBAAAAAAA! Xavfli vaziyat! Morata hozir supergol urishi mumkin edi. Biroq darvozada Iker Kasilyas turibdi, unutmaylik

6. ZARBA! Krishtianuning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.

5. Garet Beyl jarima to'pini ishlab oldi. Madrid klubi uchun har bir jarima to'pi gol uchun imkoniya

5. Ogohlatirish. "Yuventus". Bonuchchi

4. Mehmonlarning hujumi. Marselo chap qanotdan oldinga o'tdi va jarima maydoniga uzatdi, Buffon mashq qilib oldi

2. Xavfli vaziyat! Vidal raqib jarima maydoni ichiga kirib yiqilib tushdi, angliyalik hakam Martin Atkinson penalti belgilagani yo'q. Penalti oddiy narsa emas uni belgilash uchun asos kerak. Bu Penalty loyihasiga umuman aloqasi bo'lmagan gaplar edi...

1. O'YIN BOSHLANDI! KETTIK!



- Jamoalar maydonda! O'yin boshlanmoqda...

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! ECHL yarim finaliga ham etib keldik. Bugun Turinda Italiya chempioni "Yuventus" musobaqaning amaldagi sohibi bo'lgan Madridning "Real" klubini qabul qiladi. Sizlar bilan bu o'yinni Narzulla kuzatib boradi.

- O'yin soat 23:45da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика