So’nggi yangiliklar

19:05Бошкович: "Ғалаба қозондик, аммо биз кўрсатган ўйинимиздан хафаман"  0 19:02Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Сўғдиёна" 2:3. Highlights  0 19:00U23 Осиё кубоги. Ўзбекистон ярим финал йўлланмаси учун Саудия Арабистони билан курашмоқда (матнли трансляция)  62 19:00Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон – Эрон 0:1 (матнли трансляция)  3 18:45Ўзбекистон Кубоги. "Арал" "Цемент"чига "хоҳлаганича" гол урди, "Қўқон-1912" "Жиззах"ни ютолмади ва гуруҳда қолиб кетди  2 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд – илк финалчи, Тожикистон 3-ўрин учун ўйнайди  6 18:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" "Сўғдиёна"га мағлуб бўлди, лекин кейинги босқичга йўлланма олди  33 18:26Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Металлург" муроса кўчасини танлади  9 17:57Ўзбекистон олимпия термаси "Халифа" стадионига етиб келди!  11 17:07U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувига превью. Саудияни бир маротаба ютганмиз, улар эса бизни уч марта  5 16:58Кварацхелия янги мавсум "Барселона" футболчисига айланиши мумкин  4 16:32"Оч бўрилар" овга чиқмоқда  9 16:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистондан мағлуб бўлган Вьетнам Қирғиз Республикасига ҳам ютқазди  7 15:59U-23 Осиё Кубоги. Индонезия Корея Республикасини мусобақадан чиқариб юборган драматик ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:40Ўзбекистон футзал МТЖ Эронга қарши қандай либосда ҳаракат қилади?  1

"Barselona" irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

"Barselona" irodali g'alabaga erishdi

Ispaniya chempionatining 34-turida "Barselona" o'z uyida "Atletik" klubini qabul qildi.
"Barselona" - "Atletik" 2:1

Gollar
: Aduriz (50), Pedro (73), Messi (75)

"Barselona": Xose Pinto, Dani Alves, Bartra, Maskerano, Adriano, A.Song, Xavi (Fabregas, 70), Inesta, Sanches (Telo, 86), Messi, Pedro.

"Atletik"
: Iraysos, De Markos, San Xose, Laport, Balensiaga, Iturraspe (Benyat, 83), Moran (M.Riko, 64), Susaeta, Ander (Tokero, 85), Muniain, Aduris.

Ogohlantirishlar
: Iturraspe (7), Bartra (21), Ander (72), De Markos (73), Pedro (79).

                                  MATNLI TRANSLYACIYA
                                              YANGILASH

"Barselona" muxlislarini irodali va muhim g'alaba bilan tabriklaymiz! Tuningiz xayrli o'tsin! Sog' va salomat bo'ling!

Uchrashuv yakunlandi!


90+1` "Atletik" hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Riko qulay vaziyatdan foydalana olmadi.

90` O'yinga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

89` Hozirgina maydonga tushgan Telo juda qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Maydon markidan bir o'zi qochdi va darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib bordi. Lekin gol kiritish unga nasib etmadi.

87` Aleksisi Sanchez o'rniga Telo maydonga tushirildi.

85` Laport bugun ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Messidan yana to'pni olib qo'ydi. Messida yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi. Lekin Laport jonbozlik ko'rsatdi.

82` "Barselona" qolgan daqiqalar ichida himoyada ham ishonchliroq harakat qilishi talab etiladi.

80` Pedro ogohlantirish ham olishga ulgurdi.

79` Birinchi gol muallifi Pedro. Lekin golni, umuman o'yinni o'zgartirib yuborgan futbolchi bu Dani Alvesh bo'ldi. Uning samarali harakatlari evaziga "Barselona" o'ziga bo'lgan ishonchni qaytarib oldi. Ikkinchi golni esa Messi jarimadan chiroyli tarzda darvozaga joylab qo'ydi.

77` Mana sizga "Barselona"! Ikki daqiqa ichida vaziyatni tubdan o'zgartirib tashladi. SHuncha vaziyatlar nihoyat o'z samarasini keltirdi.

75` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Messi! CHamasi 16-metrlar masofadan belgilangan jarima zarbasini Messi ajoyib tarzda amalga oshirdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 2:1!

73` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Pedro! Nihoyat! Dani Alvesh o'ng qanotdan juda tezkorlik bilan kirib keldi va to'pni qulay vaziyatga turgan jamoadoshiga oshirdi. Pedro esa bu safar noaniq harakat qilishga haqqi yo'q edi. Hisob tenglashdi! 1:1!


72` Errera hakam tomonidan ogohlantirildi.

71` Bugungi uchrashuvda o'yini qovushmagan Xavi o'z o'rnini Fabregasga bo'shatib berdi.

70` "Barselona" ustozi Xerardo Martino kelgusi mashg'ulotlarda shogirdlariga darvoza qaerda turganini va qanday to'g'ri zarba berish kerakligini yaxshilab "o'qtirishi" zarur! 

67` Dani Alvesh Iraysosga nisbatan qo'pollik ishlatdi. "Atletik" posboniga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

66` "Barselona" etarlicha, balki juda ko'p vaziyatlar, imkoniyatlar bo'lmoqda. Lekin ularga haqiqiy goledor hujumchi etishmayapti. Klub rahbariyati haqiqiy forvard sotib olish borasida bosh qotirishiga to'g'ri keladi shekilli...

64` "Atletik" tarkibida o'zgarish ruy bermoqda. Moran o'rniga Riko maydonga tushdi.

62` Messi bugun gol ura oladimi? Nima deb o'ylaysiz?


60` Messi!? Bugun u nimalar bilan band deysizmi? Birga-bir vaziyatlarni ko'kka sovurish bo'yicha shaxsiy rekordini yangilamoqchi ko'rinadi...

58`Pedroooooo! Iraysos!!!!!! Nimalar qilmoqda bular? "Barselona" futbolchilari imkoniyatlarni golga aylantira olmay charchashmayapti. Iraysos esa xavfli zarbalarni to'sishda jonbozlik ko'rsatmoqda...

56` "Barselona" himoyachilari bugun tomosha ko'rsatish uchun maydonga tushishgandek guyo. Xatolar ketidan xatolarga yo'l qo'yishmoqda.

54` Messi va Pedro birinchi bo'limda deyarli yuz foizlik imkoniyatlardan foydalana olishmagani ayni paytda jamoaga qimmatga tushmoqda.

52` Aduriz "Barselona" futbolchilari Messi, Pedro va Sanchezlarga imkoniyatdan qanday foydalanish kerakligini tushuntirib qo'ydi desak mubolag'a bo'lmaydi. Birgina vaziyat va gol.

50` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ADURIZ! "Atletik" futbolchisi Muniain to'pni Bartradan olib qo'ydi va Aduriz tomon tashladi. aduriz esa kerakli poziciyani tanladi va to'pni mohirlik bilan darvozani uzoq burchagiga joylab qo'ydi.


49` Messini jarimadan yo'llagan zarbasi 3,4 metrcha darvozadan nariga o'tib ketdi.

48` Jarima to'pi. To'p oldida Messi va Xavi...

47` "Barselona" to'pni o'zida saqlab turibdi. "Atletik" esa raqibini o'z jarima maydonchasi oldiga yaqinlashishini kutmoqda.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim tugadi! Tanaffus! Dam olamiz! Lekin uxlab qolish yo'q-a?!


44` "Atletik" himoyachisi Laport Messiga bugun hech qanday imkoniyat qoldirmayapti. Ushbu iqtidor sohibiga bekorga "Bavariya"dek jamoa qiziqish bildirmagan ko'rinadi.

42` To'g'rsini aytganda, birinchi bo'limda kamida 3,4 gol ko'rishga haqli edik. Lekin Pinto, Iraysos va darvoza ustuni gol kiritilishiga yo'l qo'yishmadi.

40` "Barselona"! Bu safar Pedro juda zo'r imkoniyatni yo'qqa chiqarmoqda. Aniqrog'i, Iraysos ularni barcha mehnatlarini chippakka chiqarishda davom etmoqda! Qoyil ushbu posbonga!

38` "Barselona"!!!! Adriano bir nechta futbolchini ortda qoldirib, to'pni Sanchezga qoldirdi. Aleksis esa kuchli zarba yo'lladi. Lekin Iraysos o'z o'rnida!

35` O'yin ancha jonlandi. Bir qator xavfli vaziyatlar har ikkala jamoa darvozasi oldida ham yuzaga keldi. Lekin hozircha vaziyatlar qahramoni bu darvoza ustunlari...

32` BABABUM-BABABUM! Aleksis Sanchez! Aleksis bo'sh qolgan darvozaga uch metrdan gol kirita olmadi. Uning yo'llagan zarbasi ham Adurizdiki kabi darvoza tusiniga tegib qaytdi. "Barselona" hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi...


31` ADURIZZZZZZZZZZZ! "Atletik" hujumchisidan zargarona "chalqancha" uslubda berilgan zarba. To'p esa shundoqqina to'rga emas, darvoza ustuniga tegib qaytmoqda... Super gol ko'rishimiz mumkin edi...

30` Messi endi avvalgi Messi emas. "Atletik" himoyachilari undan to'pni ortiqcha qiyinchiliksiz olib qo'yishmoqda. Messi esa yiqilib tushdi. Hakam etibor ham bermadi.

28` Puyol, Pike, Buskets va Neymar tribunada gurunglashib o'tirishibdi.

26` "Atletik" o'yinni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirishga erishdi.

23` "Barselona" burchak to'pi tepdi. Jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'p Bartraga kelib tushdi. Lekin Bartra bu vaziyatga tayyor emasdi.

22` "Barsa" himoyachisi Bartra hakamning sariq kartochkasi bilan siylandi.

21` "Barselona" hujum qilishda davom etmoqda. Adrianoning yo'llagan zarbasini himoyachi jonbozlik ko'rsatib qaytarib qoldi.

19` Messi gol urdi. "Barselona" hisobda oldinga chiqib olishi kerak edi. Lekin bu vaziyatda o'yindan tashqari holat qayd etildi.

17` "Barselona" o'yin tizgini o'z qo'liga oldi. Mezbonlar jarima zarbasi ishlab olishdi. Inesta tomonidan uzatib berilgan to'pni Alvesh darvozaga yo'lladi. lekin to'p darvozagacha etib bormadi.

15` So'nggi 5 daqiqa ichida jamoalar ochiq futbol namoyish etishdi. O'ylaymizki, qolgan vaqt davomida ham biz hujukor futbol ko'ramiz!

14` "Barselona" o'ziga keldi! Lekin Messi emas! Bu safar Messi Iraysosni dog'da qoldira olmadi! Iraysos bir daqiqa ichida ikkita "seyv" qildi! Qoyil!


13` "Barselona" nihoyat hujumga o'tdi! Pedro deyarli birga-bir vaziyatni ko'kka sovurdi.  Iraysos!

11` "Barselona"da inqiroz yuzaga kelganini uchrashuv debyuti ham aytib turibdi.  Hujumda faqat "Atletik"!

10` Adurizning kuchli zarbasini Pinto qiyinchilik bilan bartaraf etdi va jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

8` Maydon egalari hozircha maydonda ustunlik qila olishmayapti. To'pni nazorat qilishda ham avvalgi ustunlik yo'q. "Atletik" ayni paytda faolroq ko'rinmoqda.

6` "Atletik" hujumga o'tdi. Lekin hujumni rivojlantira olishmadi. Bu orada Itturaspe raqibiga nisbatan qo'pol harakat qilda va hakam tomonidan ogohlantirish oldi.

4` "Barselona" hozircha maydon markazidan uyog'iga o'ta olmayapti. "Atletik" futbolchilari juda zich joylashishgan va "Barsa"ga hujumga o'tish imkoniyatini berishmayapti.

2` "Atletik" o'yin boshlanishi bilan qattiq "pressing" qo'llashdi va mezbon jamoa himoyachilarini xato qilishga majbur eta olishdi. Lekin "Atletik"ning  boshlagan hujumi yakuniga etmay qoldi.

Uchrashuv boshlandi!


Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Bu uchrashuv oldidan ko'pchilikni bir savol qiynayotgan bo'lishi mumkin. Bu bugun "Barselona" yana yutqazadimi? Yoki ular uch o'yinlik mag'lubiyatlar seriyasiga chek qo'ya olishadimi? Bu savollar javobini yaqin ikki soat ichida bilib olishimiz mumkin bo'ladi.

Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Ispaniya chempionatining 34-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Atletik" uchrashuvi saytimiz orqali matnli onlayn translyaciya qilinadi. Ushbu bellashuv sharhida SHahboz Beg'amov ishlaydi. Saytimizdan uzoqlashmang!

- O'yin soat 00:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика