“Zomin" stadionining chimi yangilanmoqda

Narzulla Saydullayev
12 dek 2015, 11:26
Xabaringiz bor, “Zomin” PFK o'z uy uchrashuvlarini “Zomin markaziy o'yingohi”da o'tkazadi

O'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan jamoa mamuriyati ushbu o'yingohning chimini almashtirmoqdalar. Shu kunlarda o'yingohning asosiy maydon qismida katta qurilish ishlari boshlangan.

Jamoa bu yil O'zbekiston Birinchiligi baxslarida ochkolar xisobi bo'yicha 5-o'rin bilan mavsumni tugatishdi. Agar jamoa kelasi mavsum uchun zamonaviy talablarga to'liq javob beradigan maydonga ega bo'lsalar, jamoa o'z oldiga albatta Oliy ligaga chiqish vazifasini qo'yadi.

Akmal Raxmatullaev
“Zomin” PFK matbuot kotibi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia